"Manchester Siti" Ukraina terma jamoasi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
19 may 2025 16:03
Yangiliklar
"Manchester Siti" Ukraina terma jamoasi himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
"Bornmut" himoyachisi Ilya Zabarniy faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishi mumkin.
"Shaharliklar" ukrainalik futbolchini shu yozda qo'lga kiritish variantini ko'rib chiqmoqda. Ushbu transfer "Manchester Siti"ga 50 mln funtga tushishi mumkin.
22 yoshli himoyachi joriy mavsum Angliya Premer-ligasida 34 o'yin o'tkazib, 4 ta sariq kartochka oldi va 1 marta maydondan chetlatildi.
Angliya Premer-ligasi jadvalida "Manchester Siti" oltinchi, "Bornmut" esa 11-o'rinda ketmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Родриго тиззасидан операция қилинди
Fikrlar