"Manchester Siti" Ukraina terma jamoasi darvozabonini jalb qilmoqchi
24 iyu 14:49
Yangiliklar
"Manchester Siti" Ukraina terma jamoasi darvozabonini jalb qilmoqchi
Anatoliy Trubin Angliyaga ko'chib o'tishi mumkin.
Angliyaning "Manchester Siti" klubi Portugaliyaning "Benfika" jamoasi darvozaboni Anatoliy Trubinni yaqindan ko'rib chiqish ehtimoli mavjud.
Xabar qilinishicha, "shaharliklar" Saudiya Arabistonidan taklif olgan Ederson Moraes o'rniga 22 yoshli Trubinni sotib olishi mumkin. Ukrainalik posbonning tovon puli 90 mln funtni tashkil qiladi.
Anatoliy Trubin joriy mavsum "Benfika" tarkibida 48 o'yin o'tkazib, o'z darvozasidan 47 ta to'p olib chiqdi, 17 uchrashuvda esa birorta gol o'tkazib yubormadi.
Fikrlar