“Manchester Siti” posboni: “Menda hammasi joyida”
10 sen 2017 06:15
Yangiliklar
“Manchester Siti” posboni: “Menda hammasi joyida”
Biroz ilgari futbolchi Tvitterdagi ijtimoiy sahifasida sog'lig'i bilan bog'liq holatga izoh berdi: “Salom, menda hammasi joyida. Bugun juda muhim g'alabaga erishdik. Biz kuchlimiz. Menga SMS jo'natgan barchaga rahmat”, deya yozib qoldirdi Ederson o'z sahifasida.
Braziliyalik
posbon birinchi bo'lim oxirida to'p uchun kurashda “Liverpul” hujumchisi Mane bilan
to'qnashib ketdi, aniqrog'i to'pga egalik qilishni istagan afrikalik futbolchi
butsasi bilan darvozaboning yuziga kuchli zarba yo'lladi. Natijada Ederson bir
muddat maydonda qoldi va keyinchalik shifokorlar uni zambilda olib chiqib ketishdi.
malum bo'lishicha, baxtli tasodif tufayli futbolchining boshiga jiddiy shikast
etmagan. Uni maydondan shifoxonaga emas, balki “Manchester Siti” mashg'ulotlar
bazasidagi tibbiy markazga olib ketishgan.
Fikrlar