"Manchester Siti" Kevin De Bryuynening o'rniga ikki nomzodni ko'rib chiqadi
09 apr 00:15
Yangiliklar


"Manchester Siti" Kevin De Bryuynening o'rniga ikki nomzodni ko'rib chiqadi
"Manchester Siti" joriy mavsum yakunida jamoani tark etadigan Kevin De Bryuynening o'rniga muqobil sifatida "Nottingem Forest"ning 25 yoshli yarim himoyachisi Morgan Gibbs-Uayt va "Bayer"ning 21 yoshli yarim himoyachisi Florian Vircni variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda The Athletic nashri muxbiri David Ornshteyn malum qildi.
Manba xabar berishicha, "Manchester Siti" belgiyalik futbolchining o'rnini to'ldirish uchun ichki imkoniyatlardan ham foydalanishi mumkin. Masalan, Fil Foden De Bryuynening vazifalarini bajarishga qodir o'yinchi sifatida ko'rib chiqilmoqda.
Joriy mavsumda Virc barcha musobaqalarda 39 ta o'yinda ishtirok etib, 15 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Gibbs-Uayt esa 30 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatma bajardi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar