So’nggi yangiliklar

01:56Ла Лига. "Барселона" "Хетафе"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Торрес дубл қайд этди  9 01:53А Серия. "Рома", "Аталанта" ва "Интер"да ғалаба  0 01:29Эрон Про лигаси. "Трактор" меҳмонда "Сепахон"ни мағлуб этди, Ҳамробеков захирадан тушди  0 00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  19 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  6 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  16 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1

"Manchester Siti" g'olibligi, "Arsenal"ning qaytishi, "CHelsi"ning muvaffaqiyatsizligi: APLda mavsum yakunlari (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Manchester Siti" g'olibligi, "Arsenal"ning qaytishi, "CHelsi"ning muvaffaqiyatsizligi: APLda mavsum yakunlari (mutolaa uchun)

Angliya Premer-ligasining navbatdagi mavsumi yakunlarini chiqaramiz.

Angliya Premer-ligasida 2022/23 yilgi mavsum yakunlandi. U bir necha top-klublarda birdan tushish ro'y bergan bo'lishiga qaramay qiziqarli o'tdi. Boshqa tomondan, top-4da yangi nom paydo bo'ldi, ayrim jamoalar o'zlarini ko'rsatishdi, "Manchester Siti"da esa chempionlik uchun kurashda yangi raqobatchi paydo bo'ldi. SHuningdek, ochiqchasiga xafsalani pir qilgan klublar ham bor. Bundan so'ng APLda mavsum yakunlarini chiqaramiz.


CHempion: "Manchester Siti".

CHempionlar ligasi: "Manchester Siti", "Arsenal", "Manchester Yunayted", "Nyukasl".

Evropa ligasi: "Liverpul", "Brayton".

Konferenciyalar ligasi: "Aston Villa".

Quyiga tushib ketganlar: "Sautgempton", "Lester", "Lids".


Mavsumning eng zo'r jamoasi

Mavsumning eng yaxshi jamoasi g'olib bo'lganidir. Bundan tashqari, ular bunga to'liq loyiqlar. Mavsum boshida "Manchester Siti"da muammolar bo'ldi, ammo "shaharliklar" ikkinchi qismni xatosiz o'tkazishdi. Ular doimiy ravishda oldinda borayotgan "Arsenal"ga bosim o'tkazishdi va ikki bor sovrin uchun asosiy raqobatchilarini mag'lub etishdi. Qanday savollar bo'lishi mumkin? Ammo, "kanonirlar" hurmatga sazovor. Bu yosh jamoa mavsumning katta qismida APL turnir jadvalida etakchilik qilgan holda chinakam jasorat ko'rsatdi. Buning ustiga, "to'pchilar" 7 yillik tanaffusdan so'ng CHempionlar ligasiga qaytishdi, bu ham katta natija.



Mavsumning eng yaxshi to'purari

APLdagi mavsum to'purari katta farq bilan Erling Xoland bo'ldi."Manchester Siti" forvardi 36ta gol urdi va eng yaqin taqibchi Xarri Keyndan 6ta to'pga o'zib ketdi. Premer-ligadagi eng yaxshi to'purarlar uchligini 20ta gol bilan "Brentford" forvardi Ayven Touni yakunlab berdi. Xoland esa huddi faoliyatida o'zgarish qilganini, yangi klub va yangi chempionatni sezmagandek. Norvegiyalik o'tgan mavsum APLda o'rtacha har o'yinda 1,03ta gol urgan holda ligadagi eng yaxshi natijani qayd etdi. "Manchester Siti" butun mavsum Premer-ligada 94ta gol urdi.


Eng yaxshi assistent

APLda mavsumning eng yaxshi assistenti Kevin De Bryuyne hisoblanadi. "Manchester Siti" yarim himoyachisi o'z hisobiga 16ta samarali uzatmani yozdirib qo'ygan. Uning yaqin taqibchilari "Liverpul" vingeri Muhammad Salah va "Arsenal" vingeri Leandro Trossard bo'ldi. Ammo, bu Kevinda samarali uzatmalar soni bo'yicha eng yuqori natija emas. Unda mavsumiga 20tadan assistlar bergan paytlar ham bo'lgan. Ammo, muhimi, De Bryuyne jamoaga katta foyda olib kelmoqda va Xosep Gvardiola jamoasidagi asosiy ijrochilardan bo'lib qolmoqda. Etiborlisi, belgiyalik o'tgan mavsum "shaharliklar"ning eng yaxshi to'purari bo'lgandi.


Eng yaxshi darvozabon

2022/23 yilgi mavsum yakunida "Oltin qo'lqoplar" egasi David De Xea bo'ldi. "Manchester Yunayted" darvozaboni 17ta "quruq" o'yin o'tkazdi. Undan keyin esa Alisson ("Liverpul"), Nik Poup ("Nyukasl") va Aaron Ramsdeyl ("Arsenal") o'rin olishgan. Uchchala darvozabonda ham 14tadan "quruq" o'yinlar bor. De Xea MYUga mavsum yakuniga ko'ra Premer-ligada eng yaxshi uchtalikda o'rin egallashda sezilarli yordam berdi. Uning muhimligi haqida mankunianlar ustozi Erik ten Xag adolatli gapirdi. Faqatgina klubning nega o'yinchi bilan shartnomani uzaytirishni sekinlashtirayotgani tushunarsiz. Mish-mishlarga ko'ra, ispan hattoki maoshining pasayishiga ham rozi.


Mavsum kashfiyoti

"Katta oltilik"dan bo'lmagan bir yo'la bir necha jamoa yaxshi ishtirok etishdi. Masalan, "Brayton". "CHaykalar" murabbiy o'zgarishidan so'ng bo'linib ketmadi. Aksincha, Roberto De Zerbi tarixda ilk bor klubni evrokuboklarga olib chiqdi. Unai Emeri ham "Aston Villa" bilan yaxshi ishladi. Ammo, mavsumning asosiy kashfiyoti "Nyukasl" hisoblanadi. Jamoa butun mavsum davomida barqaror bo'lishdi va haqli ravishda top-4da joy egallashdi. "Nyukasl"da butun mavsum davomida 5ta mag'lubiyat qayd etildi, "Manchester Siti"da ham shuncha. Eddi Xau klubni 20 yildan so'ng CHempionlar ligasiga qaytardi. Bu jamoa uchun barchasi endi boshlanmoqda.


Mavsum muvaffaqiyatsizligi

Bu bo'limga bir yo'la bir necha jamoalarni kiritsa bo'ladi. Bu mavsum so'nggida ochkolarni yo'qotgan holda chempionlikni boy bergan "Arsenal" va chempionatni umuman hech narsasiz (8-o'rin) yakunlagan "Tottenxem. Ammo, mavsumning bosh muvaffaqiyatsizligi "CHelsi" bo'ldi. Jamoani 3 murabbiy boshqardi: Tomas Tuxel, Grem Potter va Frenk Lempard. Mavsum davom etgani sari barchasi London klubi uchun yomonlashaverdi. Lempard qo'l ostida barchasi umidsiz ko'rindi: 9ta o'yinda 1ta g'alaba. Yakunda, "ko'klar" jadvalni 12-o'rinda yakunlashdi va bu ular uchun so'nggi 29 yildagi eng yomon natija hisoblanadi. Rahbariyat, o'yinchilar va murabbiylar o'zgarishi "CHelsi" foydasiga ishlamadi. Balki Maurisio Pochettinoning tayinlanishi bilan vaziyat o'zgarar.


Mavsum rekordi

Asosiy va hatto tarixiy rekord Xolandga tegishli desak ham bo'ladi. Norvegiyalik "Manchester Siti"dagi ilk yilidayoq 36ta gol urdi. U Premer-ligada bir mavsumda (34) gol urish bo'yicha Alan SHirer va Endi Koulning rekordini yangiladi. Bundan tashqari, Erling tarixda barchadan tez APLda 30ta gol urdi. Buning uchun unga 27ta o'yin kifoya qildi. Ammo, bu hali barchasi emas. "Manchester Siti" forvardi Premer-ligada barchadan tez 4ta xet-trikni rasmiylashtirdi. Buning uchun unga 19ta o'yin kerak bo'ldi. Faoliyatdagi yangi klubda bundan yaxshi start bo'lishi mumkin emas.


Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика