"Manchester Siti", "Barselona", "Liverpul"... Koronavirus sabab eng arzonlashadigan jamoalar
02 apr 2020 11:28
Yangiliklar
"Manchester Siti", "Barselona", "Liverpul"... Koronavirus sabab eng arzonlashadigan jamoalar
CIES hisob-kitoblariga ko'ra, agar klublar iyun oyi oxirigacha hech qanday o'yin o'tkazishmasa va futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirishmasa Top-5 chempionatlardagi futbolchilarning narxi 28 foizga arzonlashib ketadi.
Hisoblash jarayonida jamoalardagi top-20 o'yinchilarning 11 martdagi narxlari olindi, taxmin qilinayotgan summa esa 2020 yil 30 iyunga mo'ljal olib belgilangan.
Boshqalardan ko'ra eng narxi arzonlashgan jamoa "Manchester Siti". Ingliz klubi futbolchilarining narxi iyun oxirida 412 mln evroga arzonlashadi.
Tarkibi hammadan ko'proq arzonlashadigan Top-10 jamoa:
1. "Manchester Siti" – 412 mln evroga
2. "Barselona" – 366 mln
3. "Liverpul" – 353 mln
4. "Real" – 350 mln
5. PSJ – 302 mln
6. "Manchester Yunayted" – 293 mln
7. "Inter" – 276 mln
8. "Bavariya" – 267 mln
9. "CHelsi" – 251 mln
10. "Tottenxem" – 227 mln.
Fikrlar