"Man Siti"ga "Liverpul" sobiq hujumchisi kerak Yangiliklar

"Man Siti"ga "Liverpul" sobiq hujumchisi kerak

"Sautgempton" klubi hujumchisi Denni Ingz faoliyatini "Manchester Siti" tarkibida davom ettirishi mumkin.

The Athletic xabariga ko'ra, "shaharliklar" 28 yoshli futbolchiga jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda, mazkur transfer yozgi transfer oynasida amalga oshishi kutilmoqda.

Ingz joriy mavsum "avliyolar" safida 19 ta uchrashuv o'tkazib, raqiblari darvozasiga 7 bor yo'l topishni uddaladi. Transfermarkt portali angliyalik o'yinchini 20 million evroga baholamoqda.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика