"Man Siti" Virtcning transfer narxi yuqoriligi sababli undan voz kechdi. Kelishuv klubga umumiy hisobda 300 million evroga tushishi mumkin edi (BBC)
19 may 2025 23:10
Yangiliklar
"Man Siti" Virtcning transfer narxi yuqoriligi sababli undan voz kechdi. Kelishuv klubga umumiy hisobda 300 million evroga tushishi mumkin edi (BBC)
"Shaharliklar" yarim himoyachi transferi bo'yicha "Bayer"ga taklif kiritgan edi, chunki Pep Gvardiola uni mavsum yakunida klubni tark etadigan Kevin de Bryuyne o'rnida ko'rayotgandi.
BBC malumotlariga ko'ra, "Manchester Siti" Virtcni sotib olishdan voz kechdi, chunki futbolchining transfer narxi juda qimmat deb hisoblamoqda. Xabarlarga ko'ra, 22 yoshli yarim himoyachi uchun xarajat klub tarixidagi eng yirigi bo'lishi mumkin edi – transfer narxi va maoshni hisobga olganda, umumiy xarajatlar 300 million evrodan oshardi.
"Manchester Siti"ning Virtcni sotib olish uchun kurashdan chiqishining yana bir sababi shundaki, Gvardiola hali ham Fil Fodenga ishonmoqda. Shu bilan birga, klub ijodkor yarim himoyachi qidirishni davom ettiradi – nomzodlar orasida "Nottingem Forest"dan Morgan Gibbs-Uayt bor.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Жирона" "Барселона"ни мағлуб этди! Ямалда омадсиз пенальти, якунда эса муштлашув
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
"Реал"ни мусобақадан чиқариб юборишни истайман!" — Моуринью Арбелоа ва Мадрид ҳақида гапирди
Fikrlar