So’nggi yangiliklar

18:44Breaking! "Истанбул Башакшеҳир" Аббос Файзуллаев трансфери учун пул тўлади  4 18:40Саудия Арабистони Суперкубоги ярим финали: "Ал Насср" "Ал Иттиҳод" билан баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  12 18:33Легионер мураббий ва ҳужумчи, "Динамо" посбони, чиройли гол урган ҳимоячи — Суперлигада 19-турнинг энг яхшилари   0 18:19Суперлига 19-тур рамзий терма жамоаси  0 18:15Про лига. "Арал" Нукусда "Олимпик-MobiUz" билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  0 17:58Каррагернинг фикрича, АПЛ янги мавсумида "Ливерпуль" чемпион бўлади. Невилл талқинида эса "Арсенал"...  1 17:22"Футбол олами". "Нефтчи" Наманганда ғолиб, Абрамов Қосимовдан устун келди, "Андижон"да яна мағлубият  0 16:29"Барселона" янги мавсум учун учинчи либосини тақдим этди  1 15:41"Интер" Онанани ортга қайтармоқчи  1 15:12Рэшфорд: "Барселона" ушбу мавсум треблни расмийлаштириши мумкин"  5 14:43"Челси" ҳужумчиси фаолиятини "Астон Вилла"да давом эттириши мумкин  0 14:14"Ливерпуль" ҳимоячиси жамоани тарк этиши мумкин  2 13:42"Манчестер Юнайтед" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 13:13Натижа ортидаги оғриқлар. ЎФА 2009 йиллар борасида қарор қабул қиладиган вақт келмадими?  11 12:57"Интер" ўз футболчисини "Челси"га қўйиб юбормади  0

Mamur Otaqulov: “G'ijduvon” kelgusida oliy ligaga chiqish uchun kurashadi” Yangiliklar

Mamur Otaqulov: “G'ijduvon” kelgusida oliy ligaga chiqish uchun kurashadi”

Joriy mavsum ham birinchi ligada ishtirok etishni maqsad qilgan Buxoroning “G'ijduvon” jamoasi nomidan qura tashlash marosimida Mamur Otaqulov va bosh murabbiy SHerzod Sattorov qatnashdi.
Quradan so'ng Otaqulovning fikrlari bilan qiziqdik.

- O'tgan yili jamoamiz birinchi ligada ilk mavsumini o'tkazdi. Afsuski ikkinchi bosqichga chiqa olmadik. Lekin shunga qaramay, yigitlarni tarqatib yubormadik va aksincha ular bilan yanada ishladik. Joriy mavsum ham birinchi ligada ishtirok etishni ko'zlayotganimiz uchun tarkibimizni yanada kuchaytirishga urindik. Asosiy etiborni baribir mahalliy futbolchilarga qaratdik. Yig'inni noyabr oyidan boshlaganmiz. Hozircha hammasi ko'ngildagidek. SHaroitlar ham o'tgan yilga nisbatan ancha yaxshi. Stadion qurilish ishlari tugatib bo'lindi", - deb gap boshladi Otaqulov.

- Jamoamizning bosh homiysi deb biror nomzodni aytib bo'lmaydi. CHunki tumandagi bir qator tashkilotlar biriktirilgan. Ularning amaliy ko'magi asosida jamoani shakllantirib bormoqdamiz.

- Yuqorida aytib o'tganimdek, tarkibda asosan buxorolik futbolchilardir. Ishqibozlarimizga yaxshi tanish bo'lgan darvozabon Maqsud SHabanovni ham tarkibga jalb etganmiz.

- Bosh murabbiyning faoliyatidan qoniqish xosil qilyapmiz. 28 yoshli Sattorov o'qib-izlanuvchan murabbiylar toifasiga kiradi. Unda kerakli murabbiylik licenziyasi mavjud.

- Bugungi qura yaxshi o'tdi deb o'ylayman. O'tgan yili ham Kubokda ilk o'yinimizni safarda o'tkazgandik. Bu yil o'z maydonimizda o'ynashni niyat qilgan bo'lsakda, qura baribir o'z so'zini aytdi.

- Bu yil “G'ijduvon” o'z oldiga eng avvalo keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritishni maqsad qilgan. Eng kamida 16ta jamoa orasida bo'lish. Qolaversa 4-5-o'rinlarni egallasak ham biz uchun yaxshi natija bo'ladi. 2-3 yil shu tariqa tajriba orttirib, kelajakda oliy ligaga chiqish uchun kurashamiz.

Islombek Rustambekov yozib oldi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика