Malkom: “Qiyin bahslarda maydonga tushib, Valverdega o'zimning mahoratimni ko'rsatmoqchiman”
21 noy 2018 21:55
Yangiliklar
Malkom: “Qiyin bahslarda maydonga tushib, Valverdega o'zimning mahoratimni ko'rsatmoqchiman”
“Men ispanchani o'rganayapman va bu erdagi muhitga tez moslashyapman. Jamoada bir oiladekmiz, hamma bir biriga yordam berishni istaydi. Mashg'ulotlarda ko'p hazillashamiz. Munosabatlarimiz yaxshilanib bormoqda.
ECHLda debyut qilishni istagandim,. 10 daqiqami, undan kamroqmi, muhimi maydonag tushishni xohlardim. Bu mening bolaligimdagi orzuim edi. Qolaversa, men gol urishga erishdim. Bu bir umr esdan chiqmaydigan holat. Men ECHLda gol urishni istagandim, ammo bu qadar kuchli jamoaga gol uraman deb o'ylamagandim. Koutinodan pas qabul qilib olganimda, himoyachilarni aldab o'tishga qaror qildim. Murabbiy ham mendan shuni talab qilmoqda. Bu qanday amalga oshdi bilmadimu, ammo zarba berdim va bu golga aylandi. Bundan xursandman.
O'yindan so'ng onamga qo'ng'iroq qildim va u yig'lab yubordi. Bolaligimda men unga “Barselona” safida ECHLda to'p tepishni orzu qilishim haqida gapirardim”, deydi Malkom.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Эльче"ни мағлуб этди
Fikrlar