So’nggi yangiliklar

21:55Марказлашган VAR тизими Ўзбекистонда илк бор масофадан туриб синовдан ўтказилди  3 21:39Ўзбекистон U-16 ўртоқлик ўйинида Черногорияни мағлуб қилди  1 21:23Сантьяго Канисарес ЕЧЛ фаворитларини санади  3 20:59Жозе Моуринью: "Бунгача мен ишлаган бирорта гигант клубдан бунчалик иштиёқ олмаганман"  3 20:25Суперлига. "Сурхон" ўз майдонида "Машъал"ни мағлуб эта олмади  6 20:08Расман: Жозе Моуринью - "Бенфика" бош мураббийи!  2 19:52"Манчестер Юнайтед"да Аморим ўрнига янги номзод маълум бўлди  5 19:28Тимур Кападзе Хитой терма жамоаси бош мураббийи бўлиши мумкин  52 19:05"Вест Хэм" Поттер ўрнига Лэмпардни тайинлаши мумкин. Ҳозирда мутахассис Чемпионшипнинг "Ковентри" клубида ишламоқда  0 18:41Слот Исакнинг ўйинига баҳо берди  2 18:18"Реал" "Ювентус"га Эндрикни ижарага олишни таклиф қилганди. Италия клуби рад этди  0 17:55Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ 4-саралаш босқичи ўйинида ишлайди  3 17:46ЖЧ-1998 саралаши. Миржалол Қосимов: "БААга пенальтидан гол ура олмаган ўйинимда майдонга тушишга лойиқ эмасдим, телевизорга қарашга уялганман"  8 17:34​Билич Ўзбекистонда эмас, собиқ жамоасида иш бошлаши мумкин  9 17:15Манба: Ўткир Юсуповнинг жароҳати кутилганидан жиддийроқ бўлиб чиқди  6

Maktabda ikki, maydonda besh bahoga o'qigan, hind filmlarini tomosha qiladigan, kumiri Neymar bo'lgan Jaloliddin Masharipovga qo'shaloq bayram muborak! Yangiliklar

Maktabda ikki, maydonda besh bahoga o'qigan, hind filmlarini tomosha qiladigan, kumiri Neymar bo'lgan Jaloliddin Masharipovga qo'shaloq bayram muborak!

Bugungi sanada tavallud ayyomlarini nishonlayotgan futbolchilarimizni unutilmas kun bilan muborakbod etishda davom etamiz.

Buni qaranqki, bugungi qahramonlar uchun tug'ilgan kun qo'shaloq bayramga aylandi. Bunday baxtli insonlar qatorida bir guruh futbolchilarimiz ham bor ekan. Ulardan biri O'zbekiston milliy terma jamoasi va “Paxtakor” klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov. Xorazm o'g'loni bugun 27 yoshga to'ldi. 

1993 yilning 1 sentyabr sanasida Xorazmda dunyoga kelgan Jaloliddin 6 yoshidan futbol o'ynashni boshlagan. Futbolni tanlashida akasi Jamoliddinning xissasi katta bo'lgan. Birinchi murabbiyi Olimboy Davletov.  

O'sha onlarni bugungi qahramonimiz shunday eslaydi:

“Ovqat emasam, darslarni qilmasam ham futbol o'ynardim. Maktabga oq ko'ylak, kostyum-shim kiyib, sumkamga kitob-daftar va futbol formamni solib ketardim. Ustozlarim meni doim futbol maydonidan topib kelishardi. Sinfda eng ikkichi, maydonda esa alochi bo'lganman. Futbolda doim bizning sinf chempion bo'lardi. SHunga sinfda barcha meni yaxshi ko'rardi, sinf rahbarimiz baholarimni ko'tarib qo'yib berardilar”.

Jaloliddinni futbolchi sifatida Jizzaxdagi turnir kashf etib bergan. “Xorazm”ning 12 yoshli futbolchilardan iborat jamoasi Jizzaxdagi musobaqada qatnashgan. O'sha turnirda “Paxtakor” jamoasi ham ishtirok etgandi. “Paxtakor”ga qarshi o'yindagi harakatlariga to'g'ri baho bergan murabbiylar Jaloliddin va Jamshid Iskanderovni akademiyaga taklif qilishadi. SHu tariqa ikki istedodli yarim himoyachining katta futboldagi yorqin damlari boshlangan. 

“Yoshligimda onamga mashina sovg'a qilishni niyat qilgandim. Oradan yillar o'tib, orzuim ro'yobga chiqdi. Onamga “Neksiya” avtomobilini sovg'a qildim. Aslida ularga dunyodagi eng qimmatbaho mashinani sovg'a qilsam ham kam. CHunki, onamni juda ham yaxshi ko'raman”, - deydi Jaloliddin. 


Jaloliddin Masharipov maydonda juda ko'p dribling ishlatadi. Tabiiyki, bu muxlislarga juda yoqadi. 

“Muxlislar driblinglarni ko'rishni istashadi. SHunday chiroyli harakatlar muxlislarning futbolni yanada sevishiga sabab bo'ladi, deb o'ylayman. Futbolning o'zi bir chiroy, bu chiroyga yana chiroy qo'shilsa, ajoyib bo'ladi. Neymar, Ronaldino, Azarning harakatlarini ko'rib, mashg'ulotlarda shularni takrorlashga urinaman. Keyin o'yin paytida o'sha driblingni bajarishga harakat qilaman”, - deya dribling haqidagi savolga javob berdi qahramonimiz. 


Jaloliddinning Masharipov do'stlikni juda ham qadrlaydi. Eng yaqin do'sti Jamshid Iskanderov. Jamshid Jaloliddinning to'yida kuyovjo'ra vazifasini ham bajargan. Hech kimga aytmagan sirlarini ham ikki do'st bir-birlari bilan baham ko'rishadi, maslahatlashishadi.

Jamshid Iskanderov, “Seongnam” yarim himoyachisi, do'sti

“Avvalo, do'stim Jaloliddinni bugungi tug'ilgan kuni bilan oilamiz va shaxsan o'z nomimdan tabriklayman. SHubhasiz, eng yaqin do'stim. Undan ko'p maslahat olaman. O'z o'rnida u ham menga maslahat soladi. U bilan bitta futbol maktabida, bir murabbiy (Olimboy Davletov) qo'l ostida millionlar o'yini sir-asrorlarini o'rgandik. “Paxtakor”ga ham bir vaqtning o'zida o'tdik. Terma jamoalarda ham birga o'ynadik. Kelajakda hali birga amalga oshiradigan ishlarimiz bisyor. Do'stim bo'ydoqlik bilan xayrlashdi. Unga baxt-saodat tilayman. Xudoyim shirindan-shakar farzandlar bersin. Do'stligimiz esa abadiy bo'lsin”.

Masharipov Ispaniyaning “Barselona” klubiga muxlislik qiladi, kumiri - Braziliya terma jamoasi va PSJ klubi hujumchisi Neymar! Bo'sh vaqtida hind filmlarini tomosha qiladi. 

Fursatdan foydalanib, bugun qo'shaloq bayramlarni nishonlayotgan Jaloliddin Masharipovni muborakbod etamiz. Bu tilaklarga uning muxlislari ham qo'shilishadi, degan umiddamiz. Agar shunday bo'lsa, o'z tilaklaringizni xabar ostida yozib qoldiring. Jaloliddin tabrigingizni o'qib albatta xursand bo'ladi. 

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика