So’nggi yangiliklar

02:00Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"га имконият қолдирмади  14 01:42А Серия. "Интер" — "Торино" ўйинида 5та гол урилди  2 01:29БАА чемпионати. "Ал Батаеҳ" меҳмонда йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Ғаниев 62 дақиқа ўйнади  0 00:10Эрон чемпионати. "Истиқлол" меҳмонда ғалаба қозонди, Машариповдан ассист  0 23:27Сергей Лушчан: "Ўйин натижаси осмонларда ҳал бўлиб бўлгандек. Биз намойиш этган ўйиндан 99% кўнглим тўлди"  21 22:57Эрон чемпионати. "Персеполис" 90+5 дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришди, Ўрунов баҳсдан олдинги чигалёзди машғулотида жароҳат олди  3 22:55Александр Хомяков: "Ўзбекистонда 15 йилдан буён бекорга ишламаётганимни исботладим"  12 22:32РПЛ. "Рубин" ўз уйида "Ахмат"дан устун келди, Раҳмоналиев захирадан майдонга тушди, Ашурматов эса...  0 22:24Грилиш "Манчестер Сити"даги келажаги борасида қарор қабул қилди  3 21:34Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" 90+4 дақиқадаги гол сабаб мағлубиятга учради, Турғунбоев захирадан майдонга тушди  0 21:10АПЛ. "Арсенал" ва "Ман Сити"дан ғалаба, "Брентфорд" – "Вулверхэмптон" ўйинида 8та гол урилди  4 21:06Фалькао, Савиола, Эрматов, Кападзе, Аҳмедов, Умаров... Юлдузлар иштирокидаги баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  7 20:31Дешам Мбаппе нега "Реал"нинг "Вильярреал" билан ўйини учун қайдномага кирганига тушунмаяпти. Форвардни жароҳати сабаб Франция термасига чақиришмаганди  9 19:55"Андижон" ўз тарихида биринчи бор ОЧЛда иштрок этади  51 19:38"Андижон" драматик ўтган баҳсда "Навбаҳор"ни мағлуб этиб, Ўзбекистон кубоги соҳибига айланди  248

Maksim SHackix: "Nasaf"dagi yo'qotishlar katta muammo bo'lsa, men "Paxtakor"dagi muammolar haqida gapirmasam ham bo'lar ekan" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Nasaf"dagi yo'qotishlar katta muammo bo'lsa, men "Paxtakor"dagi muammolar haqida gapirmasam ham bo'lar ekan"

O'zbekiston Superkubogi doirasidagi "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi oldidan "sherlar" bosh murabbiyi Maksim SHackix hamda futbolchilar Dostonbek Hamdamov va Diyor Xolmatov matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- Ertangi final haqida fikrlaringiz bilan bo'lishsangiz?

- Barchaga xayrli kech. Matbuot anjumanida bunchalik ko'p insonlarni ko'rishni kutmagandim. Ertaga qiziqarli va tezkor futbol bo'lishiga ishonaman. Stadion ham juda yaxshi holatda. Final bahsida muxlislarga yoqadigan futbol namoyish etamiz.

Diyor Xolmatov

-O'yinga tayyormiz deb o'ylayman. Ertaga kubokni boshimiz uzra ko'tarishimizga ishonaman.

Dostonbek Hamdamov

- Ertangi final bahsiga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Maydon sifati ham alo darajada. Final uchrashuvi qiziqarli kechishiga ishonaman.


Maksim SHackixga savol: - "Qizilqum"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng Superkubok ham bir sovrin deya fikr bildirib o'tdingiz. Ushbu so'zlaringiz jamoa uchun Supekubok sovrini katta ahamiyatga ega emasdek fikr uyg'otdi. Superkubok "Paxtakor" uchun kerakli sovrinmi?

- Har bir mavsumda uchta sovrinni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'lamiz: chempionat, kubok va Superkubok. Superkubok bahsi bir o'yindan iborat, shunga qaramay, bu biz uchun muhim sovrin. "Nasaf" ham ertangi uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgani aniq. Bizning safimizda yosh futbolchilar "Bunyodkor" stadionidagi ilk uchrashuvlarini o'tkazishmoqda. Ertangi to'qnashuv ular uchun juda muhim. Final bahsida g'alaba qozonish uchun borimizni beramiz.

- "Paxtakor" jamoasi "Bunyodkor" stadionida o'tkazilgan final o'yinlarida hali g'alaba qozona olmagan. "Nasaf" ham finallarda qanday o'ynayshi juda yaxshi biladi. Ushbu faktorlarni hisobga olgan holda tayyorgarlik ko'rdingizlarmi?

- Ishoning, ushbu statistika haqida o'ylab ham ko'rganim yo'q. Biz tarixni eslab yashamaymiz. Ertaga yangi uchrashuv va ushbu o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak.

- Jamoangiz joriy mavsumda tarkibini yangiladi. "Nasaf"da ham yo'qotishlar ko'p. Joriy mavsumdagi eng qiziqarli uchrashuvlardan biri aynan "Paxtakor" - "Nasaf" o'yini bo'lgandi. Ertangi final bahsida ham yana shunday kurashlarga boy o'yin ko'rishimiz mumkinmi? "Nasaf" jamoasining kamchiliklaridan qanday foydalanmoqchisiz?

- "Nasaf"ning muammolarini gapirayotgan bo'lsangiz, men "Paxtakor"dagi muammolar haqida gapirmasam ham bo'laveradi (kuladi). "Nasaf" jamoasi mavsum avvalida o'z oldiga eng yuqori maqsadlarni qo'ydi va shunga yarasha ko'p futbolchilarni jalb etdi. Biz esa futbolchilarni qo'yib yubordik. O'tgan mavsumdagi tarkibning 20 foizi saqlab qolindi, xolos. Har bir uchrashuvdan so'ng yo'qotishlar bo'lmoqda, kimdir qizil kartochka oladi yoki jarohat. Ikkinchi turdagi o'yinga to'xtaladigan bo'lsak, aynan o'sha uchrashuvni yaxshi o'tkazdik demayman. Durang qayd etgan so'ngi o'yinlarimizda ham biz g'alaba qozonishimiz kerak edi. Juda ko'p vaziyatlarni ko'kka sovurdik. Yaratgan xavfli vaziyatlarimizning yarmidan foydalanganimizda ham, birinchi taymdan so'ng yirik hisobda oldinda borayotgan bo'lar edik. Afsuski, realizaciya bo'yicha muammolarimiz bor. Yonimda o'tirgan Doston Hamdamov vaziyatlarni golga aylantirganida, birinchi davraning o'zidayoq to'purar bo'lib olar edi. Raqiblarimiz ham bizni o'rganib chiqishmoqda. Biz manikenlarga qarshi o'ynamayapmiz. Raqib jamoalarning o'yinchilari ham bizga qarshi alohida tayyorgarlik ko'rishmoqda. SHu sababli, chempionatdagi jamoalarning darajasi deyarli teng. Favorit jamoalar ham ligaga endi qaytgan jamoalariga qarshi ochkolar yo'qotishmoqda. Oson o'yinlar yo'q. Hamma futbol o'ynashni o'rganib olgan. O'shanda jamoam yaxshi o'yin namoyish etgandi va o'sha o'yin menga yoqgandi.

- "Paxtakor" jamoasi chempionatda eng ko'p gol o'tkazib yuborayotgan jamoa. Lekin "Nasaf" o'sha uchrashuvda bor yo'g'i ikki marotaba raqib darvozasi tomon zarba bergandi.

- Keyingi turda esa "Lokomotiv"ga 3:0 hisobida mag'lub bo'lgandik. Yoshlarga har doim stabillik etishmaydi va bu fakt. Bu tabiiy holat. Superkubok bir uchrashuvlik musobaqa. Ushbu finalda yaxshi natija va sifatli o'yin namoyish etishga intilamiz.


Dostonbek Hamdamov

- "Paxtakor" tarkibidagi tajribali futbolchi sifatida yoshlar futbolchilar bilan qanday aloqa qilmoqdasiz? Yoshlarni qo'proq ruhlantirish kerakligini bilasiz. Masalan, ertangi final bahsidan oldin yosh futbolchilarga qandaydir maslahat bergan bo'lishingiz mumkin?

- Biz ham o'z vaqtida yosh futbolchi bo'lganmiz. Katta futbolchilar ham bizga ko'p maslahatlar berishgan. Yosh futbolchilarda hozir ajoyib imkoniyat bor. Superkubok bitallik o'yin va ushbu bitta o'yinda sovrinni qo'lga kiritish mumkin. Yosh futbolchilarimizning ko'plari "Bunyodkor" stadionida hali o'ynamagan. Ular buni yaxshi tushunib turishibdi. Biz yoshlarga imkon qadar maslahat va motivaciya berib boramiz, ammo barchasi ularning o'zlariga bog'liq.

Maksim SHackix

- Sardor Sobirxo'jaevning yo'qligi jamoangiz uchun qanchalik katta yo'qotish?

- Juda katta yo'qotish. O'yin va taktik jihatlama Sardorning yo'qligi katta zarar.

Dostonbek Hamdamov

- O'tgan mavsumdagi Doston Hamdamovni umuman tanimadik. Bir metr masofadan ham noto'g'ri zarbalar berdingiz. Joriy mavsum esa stabillik qaytdi va gollar urmoqdasiz. Ushbu vaziyatni qanday to'g'irladingiz?

- Bu savolga o'zim ham javob bera olmayman. Futbolchi bazida bir metrdan ham gol ura olmasligi mumkin, ammo keyingi o'yinda 30-40 metrdan gol urishi mumkin. O'tgan mavsumda nimalar bo'lganin o'zim ham tushunmadim. Ushbu savolga o'zim ham javob topa olmadim. Mashg'ulotlardan keyin bir o'zim qo'shimcha shug'ullandim ham, ammo bu yordam bermadi. Yangi mavsumni yaxshi o'tkazaman degan umiddaman.

Maksim SHackix

- Doston oddiy vaziyatlardan gol urishni istamaydi. U har doim qiyin vaziyatlardan gol uradi. Birga bir vaziyatlar Doston uchun emas. U uzoqdan zarbalar berishi yoki to'qqizlikni poylashi kerak. Men unga har doim shuni takidlayman.(hazil tariqasida) Hozir hammasi o'z o'rniga tushdi va Doston ketma-ket gollar urmoqda.

- Ertaga qaysi darvozabonni maydonda ko'ramiz? Pavlyuchenko yoki Nazarov?

- Javobni ertaga bilib olasiz.

Diyor Xolmatov

- Ertangi uchrashuvdan oldin muxlislarga aytmoqchi bo'lgan gapingiz bormi?

- Ertaga barcha muxlislarni stadionda kutamiz. Qiziqarli va barchaga yoqadigan futbol namoyish etamiz. Kubokni qo'lga kiritish asosiy maqsadimiz.

Maksim SHackix

- Reglamentga ko'ra, ertaga asosiy vaqtda durang qayd etilsa penaltilar seriyasiga murojat qilinadi. Penaltilarga tayyorgarlik ko'rdingizlarmi?

- Men penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'radigan murabbiy emasman, to'g'risi. Buyuk futbolchilar ham penaltilardan xato qilishadi. Messi ham barcha 11 metrlik zarbalarni golga aylantirmagan. Jarima zarbalari va burchak to'plariga tayyorgarlik ko'rish mumkin.

Diyor Xolmatov

- 2021 yili Djovanni Simeone ismli futbolchi A Seriyada juda yaxshi o'yinini namoyish etdi. Jurnalistlar Simeonega bunday katta o'sishga qanday erishdingiz deya savol berishgan edi. Djovanni esa, men yozda otam Diego Simeone bilan shahsan shug'ullandim va u menga ko'pgina narsalarni o'rgatdi degandi. Sizning otangiz Akmal Xolmatov sizga ham shunday maslahatlar beradimi?

- Dadam aynan qandaydir vaziyatda qanday qaror chiqarishni o'rgatmaydi, ammo umumiy maslahatlar beradi. Men otamdek futbolchi bo'lishga intilaman.

Maksim SHackix

- Ertangi final bahsi oldidan muxlislarga aytmoqchi bo'lgan gaplaringiz bo'lsa, marhamat.

- Ertaga stadionga tashrif buyuradigan muxlislarni hursand qilishga harakat qilamiz. Barchani stadionda kutib qolamiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика