So’nggi yangiliklar

23:53Лига 1. ПСЖ 90+5 дақиқада урилган гол эвазига "Ницца"ни мағлуб этди  0 22:30АПЛ. Лондон дербисида "Тоттенхэм" ва "Челси" ўзаро куч синашмоқда (онлайн ҳисоб)  3 22:14Ла Лига. "Атлетико" ўз уйида "Севилья"ни йирик ҳисобда таслим этди  1 22:00АПЛ. "Арсенал" меҳмонда ғалабага эришди, МЮ эса қийинчилик билан дуранг қайд этди  13 21:48Максим Шацких: "Футболчиларимиз учун хурсандман, жамоам кўрсатган ўйин менга ёқди"  7 21:36Исломбек Исмоилов 5 нафар Осиё чемпионини Жаҳон чемпионатига олиб кетмади  9 21:25Суперлига. "Андижон" - "Бухоро" 1:1  0 20:53Александр Хомяков: "Андижон мен учун қадрдон шаҳар, лекин бу ерга ютиш учун келгандик"  12 20:27Ширер "Ливерпул"ни танқид қилди  5 19:34"Женоа" Патрик Вийера билан хайрлашди  0 18:58Суперлига. "Андижон" ўз уйида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  38 18:437 та гол "Шўртан" - ОКМК ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 18:15"Барселона" футболчиси клуб билан шартномани узайтиришга рози  1 17:39Омар Мармуш: "Бу борада Ҳусанов жамоада энг зўри"  7 16:54"Ҳужумда сенга эркинлик беришим учун яхшироқ ҳимояланишинг керак"  1

Maksim SHackix: "Nasaf" bugun g'alabani ko'proq xohladi" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Nasaf" bugun g'alabani ko'proq xohladi"

"Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix "Nasaf"ga qarshi uchrashuvdan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.


O'yin haqida

- Bugun birinchi o'rinda xohishda yutqazdik. "Nasaf" bugun g'alabani ko'proq xohladi. SHu bois mehmonlar yutdi. Birinchi taymdagi o'yinimiz juda yomon bo'ldi. Terma jamoa o'yinlaridan keyin doim shunday bo'lgan. Terma jamoa yig'inidan yigitlar charchagan holda etib kelishdi. Bundan tashqari ayrim futbolchilar bugun bizga yordam bera olishmadi. Ikkinchi taymda o'zgarishlar qildik, raqibni har tomonlama mag'lub etdik. Ammo so'nggi pas bera olmadik. SHunga qaramay ikkinchi taymda birinchisidan yaxshi o'ynadik. 

- Aytdingiz tarkibda yo'qotishlar bor deb. SHu bois o'yinni uch markaziy himoyachi bilan boshladingizmi? Yoki "Nasaf" hujumlaridan qo'rqdingizmi? 

- Yo'q biz hech narsadan qo'rqmadik. Bizda taktik ishlanmalar ko'p, istalgan paytda o'zgartirishimiz mumkin. Kim taktikalarni tushunsa 3-5-2 va 3-4-3 hujumkor sxemalar. Afsuski birinchi taymda markaziy himoyachilar bizning ko'rsatmalarimizni to'g'ri bajarishmadi. Ikkinchi bo'limda esa taktikani o'zgartirdik va o'yinimiz o'zgardi. Doim o'zimizga maqul taktikani izlaymiz. 

- Oldinda yana 6ta o'yin bor. Himoyadagi yo'qotishlarni qanday hal qilmoqchisiz? Alijonovning o'zgarishi jarohat bilan bog'liqmi? 

- Alijonov terma jamoada ikkita o'yin o'tkazdi va uzoq safardan uchib keldi. CHarchoq alomatlari sezildi. Oldinda oltita o'yin bor. Hali hech narsa yo'qotilmadi. Har bir o'yinda g'alaba uchun tushamiz. Afsuski endi barchasi bizga bog'liq emas. O'yindan oldin aytgandim: Hammasi o'z qo'limiz, oyog'imiz va boshimizda. Mag'lubiyatsiz g'alaba bo'lmaydi. 

- Turg'unboevni ikkinchi taymda chap qanot lateral sifatida o'ynatdingiz. O'yinidan qoniqdingizmi? 

- U himoyachi emas, buni bilardik. Ammo o'z vaqtida bu joyda o'ynash amaliyoti bo'lgani uchun shu joyga qo'ydik. O'yin bo'yicha etiroz deyarli yo'q. Himoyada yaxshi o'ynadi, biroq hujumda yanada faolroq bo'lishini xohlardim.



Reyting: -25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика