So’nggi yangiliklar

03:38Европада ЖЧ йўлланмаси учун ўтиш ўйинларида қатнашувчи термалар номи маълум  0 03:03Испания, Бельгия, Швейцария, Шотландия ва Австрия Жаҳон чемпионатига йўлланма олди!  0 01:56Меҳди Тареми: "Жамоадошларимдан 10 нафари пенальти тепишдан бош тортди. Ўзбекистонга қарши пенальтини тепа олмаган футболчидан Жаҳон чемпионатида фойда бормикан?"  3 01:08Амир Ғалинои: "Ўзбекистон иккинчи бўлимда умуман дарвозамизга хавф сололмади. Босимимиз шунчалик кучли бўлдики, "Манчестер Сити" футболчиси майдондан четлатилди"  15 00:56Асилбек Алиев: "Айбдор эканимни тан оламан ва чин дилдан афсусдаман"  15 00:43Элдор Шомуродов: "Каннаваро ўйин услуби, тактик томонлама янгиликлар киритяпти"  2 00:32Акмал Мозговой: "Бир киши кам бўлсакда охиригача турдик, пенальтилар сериясида омадимиз келди"  4 00:24Фабио Каннаваро: “Январь ойида маҳаллий футболчилар учун йиғин ўтказамиз, у ерда ёшларга имконият берамиз”  10 00:13Қозоғистон ўртоқлик ўйинида Фарер оролларига ютқазди  6 23:46U-17 Жаҳон чемпионати. Австрия Англияни йирик ҳисобда ютди. Япония Шимолий Кореяни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Марокаш ва Швейцария ҳам кейинги босқичда  1 23:25Ал Айн Халқаро Кубоги. Ўзбекистон - Эрон 0:0 (пенальтилар 4:3)  28 23:21ЖЧ саралаши. Ироқ 90+17 дақиқада ғалаба голини уриб, БААни мағлубиятга учратди ва қитъалараро плей-офф босқичига йўлланма олди!  20 23:13Норвегия Жаҳон чемпионатига чиққанини Осло марказида нишонлади  2 23:08Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди  379 22:46Рафинья "Барселона" машғулотларига қайтди  0

Maksim SHackix: "Dekabrgacha turnir jadvaliga umuman qaramayman Yangiliklar

Maksim SHackix: "Dekabrgacha turnir jadvaliga umuman qaramayman

Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Bunyodkor" (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Maksim SHackix o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"To'g'risini, aytganda, o'yindan norozimiz. Bu biz namoyish etmoqchi bo'lgan o'yin emasligi aniq. Bilmayman, bunga ob-havo yoki boshqa tasir qildimi. Bizda barchasi ko'ngildagidek, biroq negadir barchasini aksincha qila boshlaymiz. Bizda muammolar bor, lekin boshqa tomondan bugungi vazifa g'alaba qozonish edi, shu bois, yigitlar buni uddalashdi. Bunday ob-havo sharoitida ularga minnatdorchilik bildiraman. Eng muhimi, uch ochko qo'lga kiritdik. 

Bizdagi muammolar, afsuski, barham topmagan. Bu haqda bilamiz. Bu to'g'risida har kuni gaplashamiz. Lekin nimagadir erisha olmayapmiz. Bazi futbolchilarning xatti-harakatlarini tushuntirish qiyin, hatto taktik jihatdan ham. Bizda o'z poziciyasidan tashqarida o'ynaydiganlar ham bor, ammo bu katta hajmdagi ishning mohiyatini o'zgartirmaydi. Biz oddiy xatolar tufayli bunday muammolarga duch kelishda davom etamiz. To'pni konsentraciya qilish faqat bizning jamoaga xos emas. CHempionatda ko'plab jamoalar shunga etibor qaratishadi. Mashg'ulotlarda muammolar ustida ishlayapmiz. Himoyada qiyinchiliklar bor. Futbolchilarni nafaqat quloq solishni, balki eshitib, uqib olishni o'rganishlari kerak. Bu eng muhimi.

Barcha jamoalar ochko yo'qotmoqda va yo'qotishda davom etadi. Men bu haqda mavsum boshida gapirgandim. Yigitlarga aytaman, siz o'z o'yiningizni ko'rsatishda davom etishingiz lozim. Kim nima yo'qotadi, menga qiziq emas. Ishoning, men qachon turnir jadvaliga qaramayman. Jadvalga dekabrda qarayman. Barcha ochko yo'qotishi mumkin. Hozir jamoalar tenglashdi. Qachondir peshqadam bo'lgan jamoa oxirida yuribdi. Jamoalar o'yinida farq bo'lishi mumkin, hisobda esa bu aks etmayapti. Bu Angliya chempionatini eslatadi, u erda, aytaylik, "Manchester Siti" "Brentford" yoki "Stok Siti" maydoniga borib yutqazishi mumkin. Bu yil chempionat ancha o'sdi, jamoalar darajasi yaqinlashdi. Bu yaxshi.

Yoshlarning holati sizga tashqaridan yaxshi ko'rinishi mumkin, ammo ularning shakllanishiga olti oy vaqt ketdi. Himoyadagi xatolar takrorlanmoqda, biroq jamoada yoshlar jamoasidan boshqa erda to'p tepmagan yigitlar ko'p, demak, bu normal holat. Lekin bazida bir yildan ortiq jamoadan bo'lgan tajribali o'yinchilar ham shunday xatolarga yo'l qo'yishadi. Bu kishini sergak bo'lishga chorlaydi. Men faqat himoyachilar haqida gapirmoqchi emasman. Himoya hujumdan boshlanadi. Xatoda hammaning aybi bo'ladi. SHu bois, xatolarni tuzatishga urinishimiz darkor.

O'zbekistonda jahon chempionatiga chiqish uchun imkoniyat etarlicha. Terma jamoaning tarkibi juda yaxshi. Evropa chempionati oldidan syurprizlar bo'lishini aytgandim, ular allaqachon sodir bo'la boshladi. SHu bois, kutilmagan hodisalar ro'y berishi mumkin. Lekin takror aytaman, biz jahon chempionatiga chiqishimiz kerak. 

Men kam o'yin amaliyoti ega futbolchilarga imkon bermoqchiman, biroq 1:0 hisobidagi o'yinlarda ularni maydonga qo'yib yuborish qiyin. Hammasiga vaqt kerak. O'yinlar ularning tajriba orttirishiga yordam beradi.

Muhammadali O'rinboev haqida aniq nimadir deya olmayman. U qolsa, tabiiyki, kuchayish bo'ladi", dedi "Paxtakor" ustozi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика