So’nggi yangiliklar

19:44Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  7 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  351 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  4 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  7 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  27 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3

Maksim SHackix: "Men penaltilar seriyasiga tayyorlanadigan murabbiylar toifasidan emasman" Yangiliklar

Maksim SHackix: "Men penaltilar seriyasiga tayyorlanadigan murabbiylar toifasidan emasman"

O'zbekiston Superkubogida "Nasaf"ga qarshi o'yindan so'ng "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqida...

- O'yin haqida ortiqcha gapirishdan foyda yo'q. O'yin sifati bo'yicha yigitlardan roziman, ular borlarini berishdi. Futbolchilarimiz o'z darajasini ko'rsatishdi. Afsuski, yana xatolarimiz bizga pand berdi.

- "Nasaf" jamoasi 4 kishini maydonga tushirayotgan paytda siz 3 nafar futbolchini chaqirgandingiz, keyin esa to'satdan qaroringizni o'zgartirib, 1 nafar futbolchini tushirdingiz. Bu Berdievning qarorlaridan keyingi o'zgartirishmidi?

- Biz majburiy o'zgarish qilishga majbur bo'ldik. Bu futbolchi charchab qolgani tufayli amalga oshirildi. Futbolchilarimiz 18-19 yoshda, hali yosh.

- Murabbiylar bazida penaltilar seriyasida darvozabonni almashtiradi. Sizning zaxira posboningiz tushishga tayyor turgandi. Uni tushirish istagingiz bormidi?

- Bizda darvozabonlar murabbiyi bor. Biz uning qaroriga ko'ra ish tutamiz. 

- Penaltini ijro etganlarni siz tanlab berdingizmi?

- Futbolchilar o'zlari tanlashdi. Men ular bilan maslahatlashgan holda shunday qarorga keldim. SHaxsan men futbolchilarni penaltilar seriyasiga tayyorlaydigan murabbiylardan toifasidan emasman.

- Zaxiradagi imkoniyatlarimiz kam deb aytdingiz. Bu Elit CHempionlar Ligasida klubga qiyinchilik tug'dirmaydimi?

- Yozda transferlar qilamiz. Kamida yozgacha shu tarkib bilan o'ynashimiz kerak. Elit OCHLgacha reja bo'yicha ishlashda davom etamiz. 

- "Paxtakor" gol urganidan keyin jamoa ancha ortga qaytib, himoyalanishga etibor qarata boshladi. Nima uchun shunday bo'ldi?

- Futbolchilarga to'pni nazorat qilishni buyurdim. Ammo yosh futbolchilar to'p nazoratida qiyinchilikka duch kelishmoqda. Hozircha to'pni o'zida saqlay oladigan futbolchilar kam. Buni uqtirib, o'yin paytida gapimni etkazishga urindim, ammo bu juda qiyin bo'ldi. Ehtimol, kuch etishmagani bois to'pni nazorat qilmagandirmiz. 

- Xoldorxonov so'nggi uchrashuvlarda qaydnomadan joy olmayapti. Bunga sabab nima edi?

- Uning o'yinlarida pasayish kuzatilgani uchun shunchaki o'rinbosarlar jamoasiga yubordik.

- "Paxtakor"ga kelganingizgan keyin jamoani etakchilar birin-ketin tark etishmoqda va moliyaviy imkoniyatlar kamayib bormoqda... 

- Bizda moliyaviy qiyinchiliklar borligini kim aytdi? Futbolchi jamoani tark etishni xohladimi, uni jamoada olib qolishdan mano yo'q. Bu ularning huquqi va ular ketgani to'g'ri ham bo'ladi.

- Ko'rinib turibdiki, tarkibdagi futbolchilardan ko'nglingiz to'lmayapti. Buni bot-bot takidlab kelmoqdasiz. Bunday voqealar rivojiga qachongacha chidaysiz?

- Biz akademiyamizga tayanib ish tutamiz va bu rahbariyatning qarori. Siz kechagi "Paxtakor"ni unuting, bu yil boshqa jamoani ko'rasiz. Kelgan paytimda 2 marta chempion bo'lgandik. Hozir boshqa jamoa shakllandi. Bugun ayrim futbolchilar birinchi marta maydonga tushishdi, "Bunyodkor" stadionini endi ko'rib turishibdi. Umuman olganda, yigitlar borlarini berishdi, buning uchun rahmat aytaman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика