So’nggi yangiliklar

03:05ЕЧЛ. ПСЖ "Монако"га қарши ажойиб камбэк амалга оширди, "Боруссия Д" "Аталанта"ни мағлубиятга учратди  5 03:05ЕЧЛ. Винисиуснинг ягона голи "Реал"га "Бенфика" устидан ғалаба тақдим этди. Моуринью четлатилди  133 02:49ОЧЛ 2. "Истиқлол" жавоб учрашувида ҳам "Ал Ҳуссайн"га ютқазиб, мусобақани тарк этди  0 01:00ЕЧЛ. "Галатасарой" плей-оффнинг илк баҳсида "Ювентус"ни йирик ҳисобда таслим этди  15 00:03Элит ОЧЛ. "Трактор" "Ал Ғарафа"ни мағлуб этди. "Ал Иттиҳод" "Ал Садд"ни таслим этди (умумий гуруҳ босқичининг якуний жадвали)  1 23:39Эшитдик-да! Ҳусайн Норчаев "Навбаҳор"га ўтмоқда  9 23:24Сака ва "Арсенал" шартномани узайтирди. Букайо клубда энг юқори ҳақ оладиган ўйинчига айланади (BBC)  8 22:59МЮ Рэшфорд учун "Барселона"га чегирма беришни режалаштирмаяпти  3 22:24"Пахтакор" голларга бой кечган назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  13 22:10ОКМК назорат учрашувида Грузия клубига ютқазди  2 21:30"Бухоро" Россия клуби билан дуранг ўйнади  0 21:06Каннаваро: "ВАР протоколини ҳозироқ ўзгартириш лозим - хатолар чемпионат натижаларига таъсир кўрсатиши мумкин"  3 20:32Рафинья: "Қоидалар ҳамма учун турлича бўлиши жуда оғир"  55 19:57"Арсенал" "Атлетико" ҳужумчиси учун 120 млн евро таклиф қилган, аммо рад жавобини олган  4 19:35Кевин Де Брюйненинг эҳтимолий қайтиш санаси айтилди  0

Maksim Shackix Andijondagi debyut uchrashuvidan so'ng nimalar dedi? Yangiliklar

Maksim Shackix Andijondagi debyut uchrashuvidan so'ng nimalar dedi?

Sho'rtan – Andijon (1:0) uchrashuvidan keyin uyushtirilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Maksim Shackix ishtirok etdi.

- Ikkinchi taymda yomon o'ynamadik. Tushunarsiz holatda qizil kartochka ko'rsatildi. Bu men uchun tushunarsiz bo'ldi. Raqibga ko'rsatilgan qizil kartochkaning qaytarilishi g'alati bo'ldi. VARda ko'rib chiqilganidan so'ng shu holat yuz berdi. Albatta, har bir vaziyat qaytadan ko'rib chiqiladi. Lekin o'yin taraflama ikkinchi bo'limda biz tomonimizdan yaxshi o'yin ko'rsatildi. Bir futbolchi kam bo'lib qolishimizga qaramasdan yaxshi o'yin ko'rsatdik, deb o'ylayman. Ikkinchi taymda ham bizda bir qator imkoniyatlar bo'ldi. Umumiy manoda aytganda, yigitlar ko'rsatmalarimizni bajarishdi. Lekin shunda bo'lsada, dastlabki daqiqalardan etiborliroq bo'lib o'ynashimiz kerak edi. Ana shunda natija boshqacha bo'lishi ham mumkin edi. O'yin haqida gapirsam, agar durang bo'lganida adolatliroq bo'lardi. Raqib azolari bizni darvozamiz oldida ham bir qator vaziyatlarni yaratishdi. O'z navbatida biz ham raqibga etarlicha qarshilik ko'rsatdik. Nima ham derdim, biz bungacha faqat jamoa bilan uch marta mashg'ulot o'tkazdik va bugungi o'yinda maydonga tushdik. Futbolchilarimiz qiyin vaziyatda ham o'zlarini yaxshi tomonlama ko'rsatishga harakat qilishdi. Ular maydonda borini berib o'ynashdi.

«Andijon»ning bir qator o'yinchilari – Farhod Sohibjonov, Mirzad Mexanovich, Luka Uskokovich kabi o'yinchilarning qaydnomaga kiritilmaganiga nima sabab?

- Ularni jarohati bor. Bugun qancha imkoniyatimiz bo'lsa, shuncha almashtirishlarga qo'l urdik. Men mavsum boshida qanday selekciya ishlari amalga oshirilganligini bilmayman. Hozir bu borada biror narsa deya olmayman. Umumiy manoda aytganda, bir qator futbolchilarimiz davolanish bilan band. Bugun bazi o'yinchilarimiz o'z pozisiyalarida harakat qilishmadi. Bu vaziyatdan chiqib ketishning biror chorasini o'ylab topamiz.

Birinchi bo'limda «Andijon» futbolchisiga ko'rsatilgan qizil kartochka borasida nima deya olasiz?

- Nima deyishim mumkin? Men ham futbolga birinchi marta kirib kelganim yo'q. To'g'ri, o'sha erda fol bo'lgandi, lekin qizil kartochkaga tortadigan darajada emasdi. Raqibga ishlatilgan qo'pollik chetlatilish uchun etarli emasdi. Lekin hakamlar nima uchun bunday qarorga keldi, biror nima deyishim qiyin. Birinchi taymda bu kabi holatda qizil kartochka ko'rsatishi, bilmadim...Buni hakamlar qo'mitasi ko'rib chiqsa kerak. O'ylaymanki, bu chiqarilgan qarorni ko'rib chiqishadi. Qizil kartochkaga tortadigan vaziyat emasdi. O'sha chetlatilish bois ham rejalarimiz to'liq amalga oshmay qoldi.

Bundan keyin jamoani kuchaytirish mumkin bo'lgan chiziqlar qaysi va klubni maqsadi qanday?

- Maqsad – imkon qadar yuqoriga ko'tarilish. Har bir uchrashuvda maydonga faqat g'alaba uchun tushamiz. Hali oldinda o'yinlar ko'p. Barcha imkoniyatlardan foydalanamiz, deb o'ylayman. Bu o'yin bizga o'ziga xos sinov. Terma jamoa o'yini sababli chempionatda tatil bo'ladi. Biz bu payt davomida etarli darajada tayyorgarlik ko'ramiz. Ushbu tanaffusdan so'ng biz boshqacha bo'lib qaytamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика