So’nggi yangiliklar

23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10

"M-150 Cup". O'zbekiston U-23 finalda Yaponiyani engib, chempion bo'ldi Yangiliklar

"M-150 Cup". O'zbekiston U-23 finalda Yaponiyani engib, chempion bo'ldi

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandning Buriram shahrida bo'lib o'tgan M-150 Cup musobaqasi finalida Yaponiya U-23 terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi va penaltilar seriyasiga ko'ra g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Uchrashuv ancha qiziqarli ruhda o'tdi. Avvaliga Zabihillo O'rinboev 43-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi. Ammo birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalar o'tib borayotgan vaqtda yaponiyaliklar standart vaziyatdan hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'lim teng kurashlar bilan boshlandi. Zabihillo O'rinboev 73-daqiqada yana bir bor mahoratini namoyish qildi va Doniyor Narzullaevning ajoyib uzatmasidan so'ng ikkinchi golini kiritdi.

Ammo o'yin tugashiga oz fursat qolganda Yaponiya yoshlari yana standart vaziyatdan foydalanishdi, bu safar burchak to'pidan so'ng hisob tenglashdi.

O'yindan so'ng o'tkazilgan penaltilar seriyasida hamyurtlarimizning qo'li baland keldi - 6:5.

M-150 Cup. FINAL
O'zbekiston U-23 - Yaponiya U-23 - 2:2.
Gollar: 
Zabihillo O'rinboev 45, Zabihillo O'rinboev 73 – Yuta Kamiya 45+2, Yuta Kamiya 88
O'zbekiston U-23: Botirali Ergashev, Islom Qobilov, Rustam Ashurmatov, Doniyor Narzullaev, Javohir Siddiqov, Odil Hamrobekov, Hojiakbar Alijonov, Azizjon G'aniev, Bobir Abduholiqov, Dostonbek Hamdamov, Zabihillo O'rinboev (s)
Yaponiya U-23: Povell Obinna, Yugo Tatsuta, Xonoya Syouji, Itsuki Urata, Yoichi Naganuma, Yuta Kamiya (s) , Reo Xatate, Taiki Xirato, Kaoru Mitoma, SHion Inoue, Ayase Ueda.

Reyting: +79   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика