Lutfullo To'raev mavsum yakuni borasida qanday fikrda?
16 noy 2022 11:53
Yangiliklar
Lutfullo To'raev mavsum yakuni borasida qanday fikrda?
Natijada jamoa chempionatni 9-o'rinda tugatdi. Xo'sh, yakunlangan mavsumdan jamoa sardori Lutfullo To'raev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“To'g'risi, mavsum “Neftchi” uchun yaxshi yakunlayman. Sababi ikkinchi davrani boshida jamoa 13-o'rinda edi. SHuni hisobga olsak, o'ylaymanki, chempionatni muvaffaqiyatli yakunlay oldik.
O'ylashimcha, jamoa yangilandi. Baribir yaxlit jamoaga aylanishimiz vaqt oldi. Nazarimda, shu kabi holatlar sabab natijalarimizda biroz pasayish kuzatildi. Albatta, yangi bosh murabbiy kelib, o'yin uslubimiz o'zgardi.
Jarohatdan keyin tiklanish baribir har bir futbolchiga qiyin bo'ladi. SHunday holat menda ham kuzatildi. Lekin avvalgi holatimga qaytib olishimga yordamlashgan odamlar bor. Ularga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.
“Neftchi”da qolishim aniq emas. Oldimda takliflar bor. Lekin chempionat endi yakunlandi. Biroz dam olib, keyinchalik bu borada bir qarorga kelaman”, - deya so'zini yakunladi To'raev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar