So’nggi yangiliklar

15:53ПСЖ Луис Энрике билан уникал шартнома имзоламоқчи. Вазият аслида қандай?  0 15:42Игорь Сергеевнинг кейинги жамоаси номи маълум бўлди  5 15:21"Арсенал", "Ньюкасл", "Челси" ва Дортмунд "Боруссия"си "Марсель"нинг 18 ёшли ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  0 14:44"Фенербахче" президентининг кокаинга топширган тести мусбат чиқди  1 14:20Топ-клубда ўйнамай туриб, АПЛнинг асосий кашфиётларидан бирига айланган футболчи ҳақида  0 13:59Игорь Сергеев "Пахтакор"ни тарк этяпти  17 13:28Баъзида Педри отаси билан бошқа жамоалар футболчилари урган голни нишонлар экан  2 13:09Нурилло Тўхтасинов – "Динамо" футболчиси  6 12:42Криштиану Роналду Қизил денгиз оролларидан 8 млн долларга иккита вилла сотиб олди  11 12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  10 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  3 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  21 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  3

"Lutfulla To'raev "Neftchi"da qoladi" - "Neftchi"ning bugungi mashg'ulotidan reportaj+Vitaliy Levchenko bilan intervyu Yangiliklar

"Lutfulla To'raev "Neftchi"da qoladi" - "Neftchi"ning bugungi mashg'ulotidan reportaj+Vitaliy Levchenko bilan intervyu

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi bugundan boshlab Toshkentda qishki o'quv-mashg'ulot yig'inining dastlabki bosqichiga kirishdi.

Vitaliy Levchenko boshchiligidagi murabbiylar shtabi dastlabki kungi mashg'ulotlarda engil yuklamalar berildi.  To'p bilan mashqlar bajarildi. Futbolchilarning kayfiyati alo darajada. Bevosita tarkibga kelsak, Nurillo To'xtasinov, "Buxoro"dan Humoyun SHerbo'taev ijaradan qaytda, "Neftchi" uchun begona bo'lmagan Anvar G'ofurov, yosh darvozabon Asror Kenjaev, Sardor Xursandov va boshqa bir qator yosh futbolchilar kelib qo'shildi.  Humoyun SHerbo'taev yozda klub bilan 2 yillik shartnoma imzolab "Buxoro"ga ijara asosida o'tgandi. Jamoani hozirga qadar tark etganlar, SHerzod Karimov, Darko Stanoevich, Mashhur Muhammadjonov, Evgeniy Konyuxov, Salamat Quttiboev, Oybek Qilichev, Sirojiddin Qo'ziev. Abror Ismoilov va SHahzod Ubaydullaev borasida hozircha vaziyat 50/50 bo'lib turibdi. 



Rasman: Nurillo To'xtasinov - "Neftchi" futbolchisi!


Oleksey Larin va Lutfulla To'raev ertaga, Vladimir Ejurov shu haftada jamoa ixtiyoriga etib kelishi ko'zda tutilgan. Yig'inning bu bosqichi 24 dekabr sanasiga qadar davom etadi. 

- Vitaliy Grigorevich dastlab tayyorgarlik va yig'in haqida fikrlaringizni bildirib o'tsangiz?

- Yigitlar yaxshi va ko'tarinki ruhda yig'ilishdi. Umuman olganda jamoaning o'zagini saqlab qoldik. Yig'in davomida bir nechta yosh futbolchilarni ko'rib olishni rejalashtirganmiz. 6 yanvar sanasidan mashg'ulotlar Turkiyada davom etadi. U erda legionerlar ham kelib qo'shiladi. Ulardan munosiblarini tanlab olamiz. 

- Jamoaning etakchisi va qaysidir manoda "motori" Lutfulla To'raev jamoada qolish masalasiga aniqlik kirita olasizmi?

 Lutfulla To'raev jamoamizda qoladi. Ayni paytda davolanish jarayonini o'tkazmoqda. Bu borada hammasi joyida. 

- Yaqinda "Neftchi" rahbariyatida o'zgarish bo'ldi. Bu rejalar va maqsadlarga tasir qilmaydimi?

- Klubda rahbariyat o'zgarishi har doim yuz beradigan holat. Qandaydir havotirli tomoni yo'q. Ishimiz reja asosida davom etadi. 

- Turkiyadagi yig'inda legionerlar kelishi haqida aytdingiz. Fikrimcha, bu juda qiyin jarayon. CHunki shu paytgacha jamoada yarim mavsum o'ynab foyda keltirmagan xorijlik futbolchilar ham to'p tepdi...

- "Neftchi"ga haqiqatdan ham yordam beradigan legioner jalb qilamiz. Jamoamizda sifat tushib ketmasligi uchun ham futbolchilarning sifatlisini taklif qilamiz. 

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика