So’nggi yangiliklar

15:45"Верона" — "Интер". Таркиблар маълум  0 15:45Суперлига. "Сўғдиёна" – "Қизилқум" 2:0 (матнли трансляция)  2 14:41Cуперлига. "Нефтчи" — "Сурхон" 1:0 (матнли трансляция)  42 13:21"Арсенал" Букайо Сака бўйича қарор қабул қилди  0 12:33Испания ва Италия клублари АПЛдаги украиналик футболчига қизиқиш билдирмоқда  0 11:47Мбаппе Ла Лигада кетма-кет 8та ўйинда гол урди. "Реал"да буни фақат Роналду ва Пушкаш уддалаган  17 11:08Пролига. Марказий учрашувни Достон Раҳмонов бошқариб боради  0 10:53Узоқ кутилган ғалабадан сўнг Слот нималар деди?  2 10:25Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  18 09:56Муҳаммад Салоҳ Премер-лигадаги Уэйн Руни рекордини такрорлади  9 09:28Камбекдан сўнг Роналду нималар деди?  15 08:59Кечаги учрашувда "Реал"нинг асосий футболчиларидан бири жароҳат олди  2 08:30"Эл Класико"дан сўнг Ямал севгилиси билан муносабатларига нуқта қўйди  5 08:02МЛС. Мессининг голи жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолмади  15 07:36Opta АПЛнинг якуний жадвали қандай бўлишини тахмин қилди  7

Luka CHermel: “Superliga va Kubokka bor etiborimizni qaratamiz” Yangiliklar

Luka CHermel: “Superliga va Kubokka bor etiborimizni qaratamiz”

“So'g'diyona” klubi OFK kubogi finaliga chiqa olmadi. Kutilmaganda, jizzaxlik futbolchilar Malayziyaning “Kuala-Lumpur Siti”ga qarshi bahsda penaltilar seriyasida omadsizlikga duch keldi.

Xo'sh, “So'g'diyona” bundan buyog'iga qanday maqsadlar sari qadam tashlaydi. Bularni bilish istagida jamoaning serbiyalik legioneri Luka CHermel fikrlariga quloq tutdik. 

"Biz raqibdan ancha ustun edik. Deylik, uchrashuvning har bir qismida ulardan ustunlik qildik, finalga xotirjam yo'l olishimiz mumkin edi. To'g'risi, bizga omad kelmadi. Agarda imkoniyatlarimizdan to'g'ri foydalana olganimizda, finalga chiqa olardik. Raqib penaltiga qadar borishni rejalashtirgan holda o'ynadi va maqsadiga erishdi. 

OFK kubogidan chiqib ketgan bo'lsak-da, stadionda bizni tinimsiz ravishda qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga minnatdorchilik bildiramiz. 

Endilikda Superliga va O'zbekiston kubogiga etibor qaratamiz. Aytaylik, Superligada medallar uchun kurashamiz. Kubokda esa g'olib chiqish asosiy maqsadimiz. 

“Nasaf” bilan juda muhim o'yin bo'ladi. Biz uzoq vaqtdan beri g'alaba qozona olmadik. Bunga qaysidir manoda psixologik sabablarga ko'ra, shunday bo'ldi. Bu o'yinda uch ochkoga harakat qilamiz", - dedi CHermel.

Reyting: -5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика