Luisma Ernandes: "VAR tizimi futbolga qanchalik zarurligini bugungi o'yin ko'rsatib berdi"
09 sen 2022 23:25
Yangiliklar
Luisma Ernandes: "VAR tizimi futbolga qanchalik zarurligini bugungi o'yin ko'rsatib berdi"
- Bugun ko'rsatgan o'yinimizdan mamnunman. Jangovor o'yin bo'ldi, biz "Paxtakor"ni yutishimiz yoki durang o'ynashimiz ham mumkin edi.
O'yin oxirida hakamlarga o'yinni takroran ko'rib tahlil qilishlarini iltimos qildim. CHunki ayrim vaziyatlarda hakamlar "Paxtakor"ga yon bosgandek ko'rindi. Biz bilamiz, bu jamoaga hakamlar yordami zarur emas. Bugungi o'yin ham VAR tizimi futbolda qanchalik muhimligini ko'rsatib berdi.
Golgacha ham, goldan keyin ham jamoamiz shiddatli o'yin namoyish qildi. Biz bugun "Paxtakor" maydoniga tarixiy g'alabani qo'lga kiritish uchun kelgandik. Raqibda ham imkoniyatlar bo'ldi. Bahsli vaziyatda gol urildi, lekin biz jamoamiz ko'rsatgan o'yindan xursandmiz.
Futbolchilarimiz uchrashuv davomida raqibga nisbatan keskin o'ynagani yo'q. Aksincha biz shiddatkor o'yin namoyish qildik.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar