So’nggi yangiliklar

00:11А Серия. "Пиза" - "Ювентус" баҳси асосий таркиблари маълум қилинди  0 23:59Витинья Гвардиола билан ишлашга қарши эмас  0 23:35FUTSAL AWARDS-2025: Йилнинг энг яхшиларини тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  0 23:19Флориан Виртц илк голи ҳақида нималар деди?  0 22:55АПЛ. "Ливерпуль" - "Вулверхэмптон" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:41"Нефтчи" Убайдуллаев билан икки йиллик шартнома имзолади  3 22:19Ўзбекистон U-21 ўртоқлик ўйинида Иордания U-23 билан дуранг ўйнади  0 22:00АПЛ. "Ливерпуль" ва "Арсенал" кичик ҳисобда ғалабалар қайд этди  2 21:51Саудия Арабистони. 10 ўйинда 10 ғалаба: "Ал Насср" ўз майдонида "Ал Уҳдуд"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 21:44АПЛ. "Челси" - "Астон Вилла" учрашуви асосий таркиблари маълум!  5 21:33"Нефтчи" Эргашев, Сайфиев ва Алибоев билан шартномани узайтирди  4 21:2010 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар  15 20:52Ван Дейк "Вулверхэмптон"га қарши ўйиндан олдин Жотанинг фарзандлари билан майдонга тушди  3 20:24Пеп Гвардиола: "Байрамда йиғилган барча ортиқча вазн шу ўйинда ташланди"  1 19:55"Реал" Себальоснинг ўрнига 60 млн евролик футболчини сотиб олиши мумкин  3

Luisma Ernandes: "Bu mag'lubiyat bizni tushkunlikka tushirmaydi" Yangiliklar

Luisma Ernandes: "Bu mag'lubiyat bizni tushkunlikka tushirmaydi"

Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Bunyodkor" (1:2) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Luisma Ernandes matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Hafta davomida qattiq mehnat qildik. Ammo, shuncha harakat qilishimizga qaramasdan bugungi uchrashuvda mag'lubiyatga uchradik. Vaziyatlar yaratdik, faqat ularning bittasidan foydalana oldik. "Bunyodkor" esa o'z vaziyatlarining ikkitasini golga aylantira oldi va yakunda g'alabaga erishdi. Mehmonlarni g'alaba bilan tabriklayman.

- Bugungi o'yin asosan Bektemir Abdumannonov orqali tashkil etildi. Bu aynan "Bunyodkor" uchun tanlangan uslubmidi?

- Albatta Bektemir o'yindan-o'yinga o'z mahoratini oshirib borayapti. SHu sababdan biz uning qanotidan hujumlar tashkil etdik. Ammo, u o'z imkoniyatlarini golga aylantira olmadi. Bu xolatdan biz tushkunlikka tushmaymiz. Navbatdagi o'yinlarga yanada yaxshiroq tayyorgarlik qilamiz.

- Jamoa etakchilari Zabihillo O'rinboev va Damir Temirovlar bugun o'ynamadi. Ularni navbatdagi uchrashuvlarda maydonda ko'ramizmi?

- Zabihillo sariq kartochkalar sabab bugungi o'yinni o'tkazib yubordi. Damir Temirov tiklanish jarayonida. Uning sog'ligi bilan tavakkal qilishni istamayapmiz. U jamoamizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri. Qachon tayyor bo'lsa maydonga tushiramiz.

Bu futbol, mehnatimizga qaramasdan mag'lub bo'ldik. Aytib o'tganimdek, bu mag'lubiyat bizni tushkunlikka tushirmaydi. Aksincha navbatdagi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq tayyorgarlik ko'rib g'alabalarga erishishga harakat qilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика