Luis Suares: “Rossiyani yirik hisobda mag'lub etishni xohlagandik”
25 iyu 2018 23:30
Yangiliklar
Luis Suares: “Rossiyani yirik hisobda mag'lub etishni xohlagandik”
Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares JCH-2018 guruh bosqich 3-tur doirasidagi Rossiyaga qarshi o'tkazilgan uchrashuv (3:0) haqida fikr bildirdi.
“Bugun biz istagandek o'yin bo'ldi. O'z o'yinimizni kuchaytishni xohlagandik va amalda bunga erishdik. Hisobni ochib olganimizdan so'ng bu oqshom yirik hisobda g'alaba qozonishimizga yanada ishona boshladik. Yakunda bunga erishdik va guruh g'olibi sifatida pley-offga yo'l oldik.
Odatda guruhning dastlabki ikki uchrashuvida jamoalar xatoga yo'l qo'ymaslik maqsadida extiyotkorlik bilan harakat qilishadi. Bugun biz xotirjam o'ynadik. Boisi, guruhdan chiqish vazifasini muddatidan avval bajarib bo'lgandik”, - dedi Suares.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar