Luis Suares "Nasonal"ga qaytgandan keyingi ilk o'yinida qatnashdi
03 avg 2022 22:16
Yangiliklar
Luis Suares "Nasonal"ga qaytgandan keyingi ilk o'yinida qatnashdi
Urugvaylik yulduz hujumchi Luis Suares "Nasonal" tarkibida birinchi uchrashuvida maydonga tushdi.
"Barselona" sobiq o'yinchisi Janubiy Amerika Kubogi birinchi chorak final o'yinida "Atletiko Goiyaniense"ga 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchradi.
Suares 74-daqiqada maydonda ko'rinish berdi.
35 yoshli Suares "Nasonal" tarbiyalanuvchisi bo'lib, 1998 yildan 2006 yilgacha shu erda o'ynagan. U shuningdek, "Groningen", "Ayaks", "Liverpul", "Barselona" va "Atletiko" klublarida harakatlangan. Urugvay terma jamoasi safida 132 ta o'yin o'tkazib, 68 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Расман: Тимур Кападзе — "Навбаҳор" бош мураббийи!
Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Жирона"ни мағлуб эта олмади
Месси жаҳон рекордини янгилади
Расмий хабар: Исломбек Исмоилов — "Нефтчи" бош мураббийи
Fikrlar