Luis Suares: “Ikkinchi bo'limda muammolar bo'lishini bilardik”
14 mar 2019 08:20
Yangiliklar
Luis Suares: “Ikkinchi bo'limda muammolar bo'lishini bilardik”
“Barselona” hujumchisi Luis Suares “Lion” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Ikkinchi bo'limda murakkabroq qism kutib turganini bilardik. Biz birinchi bo'limni ajoyib o'tkazdik. Ammo ikkinchi bo'limda 5-10 daqiqa xotirjamlikka berildik. Tinchlanib olish uchun uchinchi golni urish muhim edi. Bugun esa biz o'z imkoniyatlarimizning ko'pidan foydalana oldik. Denayer bilan yuz bergan penalti? O'ylashimcha, teginish tasodifan ro'y berdi. Men muvozanatni yo'qotdim. Ammo hakam penalti belgilashi mumkin edi va u shunday ham qildi. Samaradorlik? Hujumchi va gol — ajratib bo'lmas tushunchalar. Biroq menga jamoamizning keyingi bosqichga chiqqani yoqmoqda. Gollar esa o'zi kelaveradi. Boshni ko'tarib, o'z omadingni izlashda davom etishi kerak”,—deydi Suares.
Fikrlar