So’nggi yangiliklar

01:12Коке "Атлетико"нинг 2014 йилги чемпионлиги ҳақида: "Ўзимни FIFA ўйинидаман деб ўйладим. Ўшанда "Барселона"да Месси, "Реал"да эса Роналду бор эди, даражани ўзингиз бир тасаввур қилиб кўринг"  0 00:50Биласизми? БАА терма жамоаси футболчиси Ўзбекистонга келса қамоққа олиниши мумкин   3 00:18БАА Тошкентга тўртта йўқотиш билан келди  3 23:45Миллатлар лигаси. Греция, Австрия ва Норвегия жамоалари иштирокидаги ўйинлар бўлиб ўтмоқда (онлайн ҳисоб)  0 23:21Терзич "Манчестер Юнайтед" бош мураббийига айланиши мумкин  2 22:58Миллатлар лигаси. Англия, Мальта ва Шимолий Македониядан ғалаба, Лихтенштейн — Гибралтар ўйинида нурсиз дуранг  0 22:40Балотелли А Серия клубига ўтишга яқин  0 22:12Эшитдик-да! Ўзбекистон Лаосга чартер рейсда бориб келади  5 21:59ЖЧ-2026 саралаши. БАА Тошкентга тўлиқ бизнес класслик самолётда учиб келди  7 21:26Салоҳ муддатидан олдин Миср терма жамоасидан "Ливерпуль"га қайтади. Нега?  2 20:34Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  3 20:14Ўзбекистон U-20 терма жамоаси 89-дақиқада урилган гол эвазига Аргентина билан иккинчи ўйинда дуранг қайд этди  10 20:05Миллатлар лигаси. Қозоғистон ўз майдонида Словенияга мағлуб бўлди  12 20:02Назорат учрашуви. "Локомотив" ва "Олимпик" ўзаро дуранг ўйнади  0 19:09Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулоти Остон Ўруновсиз ўтди  12

Lotin Amerikasi rekordlari: tarixdagi eng qimmat braziliyaliklar Yangiliklar

Lotin Amerikasi rekordlari: tarixdagi eng qimmat braziliyaliklar

Braziliya Evropa klublariga yosh istedodlarni etkazib beradigan asosiy mamlakatlardan hisoblanadi.

Ulardan ko'pi hozir yoki oldin top jamoalar tarkibida o'ynashgan. Ko'plab braziliyaliklar Evropada o'ynashni xohlashadi, klublar esa ularga katta, hatto rekord miqdordagi pullarni to'lashga tayyorlar. Endi esa tarixdagi eng qimmat braziliyaliklar haqida gaplashamiz.


Oskar

Qaerdan: "CHelsi"

Qaerga: "SHanxay SIPG"

Qanchaga: 60 mln evro


Ushbu braziliyalik Evropaga kelmasdan, uni tark etib, transfer rekordlari o'rnatgan kamdan-kam hodisadan biridir. Oskar 2012 yilning yozida "Internasonal"dan "CHelsi"ga 32 mln evroga o'tdi. U 2017 yilning yanvarida "SHanxay SIPG"ga 60 mln evro evaziga yo'l oldi. Futbolchi ancha erta Xitoyga ketdi. Braziliyalik so'nggi paytlarda Evropaga qaytish xohishi haqida ko'p gapirmoqda, ammo mos takliflar hali tushgani yo'q. Oskar "CHelsi"ga qaytish xohishini ham malum qildi, ammo Londonda uni kutayotganlariga ishonish qiyin.



Alisson

Qaerdan: "Roma"

Qaerga: "Liverpul"

Qanchaga: 65,2 mln evro


Alisson va "Liverpul" bir-birini topishdi. "Qizillar"ga yuqori darajaga chiqish uchun sifatli darvozabon, braziliyalikka esa sovrinlar etishmayotgandi. SHunday qilib futbolchi 2018 yilning iyulida "Roma"dan Mersisaydga keldi. Alisson kelishi bilan "Liverpul" kamroq to'p o'tkazadigan bo'ldi, rimliklar esa o'yinchi uchun katta pul olishdi. Pul uning uchun shunchaki bekorga sarflanmagan, u hali ham jamoaga foyda keltirmoqda. Braziliyalik o'tgan mavsum vatandoshi Ederson bilan birgalikda APLda eng ko'p quruq seriya o'tkazdi (20).



Kaka

Qaerdan: "Milan"

Qaerga: "Real"

Qanchaga: 67 mln evro


"Milan" Kaka uchun "San-Paulu"dan keyingi ilk Evropa klubi bo'ldi. "Rossoneri" sobiq yarim himoyachini 2003 yilning yozida uning klubidan 8,5 mln evro evaziga xarid qilgandi. "Qizil-qoralar" 4 yil o'tib futbolchini "Real"ga 67 mln evroga sotishdi. Braziliyalikning ishlari Ispaniyadan ko'ra, Italiyada yaxshi ketgan. U A Seriyada La Ligadan ko'ra ko'proq o'ynagan va gollar urgan. Sobiq xavbek "qirollik klubi"da 4 yilni o'tkazdi, shundan so'ng "rossoneri"ga qaytdi, so'ngra "San-Paulu va "Orlando Siti"da to'p tepdi.



Kazemiro

Qaerdan: "Real"

Qaerga: "Manchester Yunayted"

Qanchaga: 70,7 mln evro


Kazemiro — "Manchester Yunayted"ning eng yangi transferlaridan biri. Braziliyalik o'z qarori bilan ko'plarni hayron qoldirdi. U joriy mavsumni "Real" tarkibida boshladi va hatto "qaymoqranglilar" bilan UEFA Superkubogini ham yutdi. Ammo, xavbekka yangi chaqiriq kreak bo'ldi va Manchesterga yo'l oldi. "Blankos" esa ushbu transferdan yutqazmadi. Ular o'yinchi uchun yaxshi pul olishdi va braziliyalikning o'rniga jamoada o'rinbosar bor edi. Kazemiro esa hali manchesterliklarning asosiy tarkib o'yinchisi emas. Vaziyat vaqt o'tishi bilan o'zgarishi mumkin.



Artur

Qaerdan: "Barselona"

Qaerga: "Yuventus"

Qanchaga: 76 mln evro


Arturning "Yuventus"ga o'tishi ancha g'alati bo'ldi. "Barselona" futbolchini 2020 yilning yozida turinliklarga 76 mln evroga sotdi. Kataloniyaliklar deyarli shuncha pulga yoshi kattaroq Miralem Pyanichni xarid qilishdi. Bu transferlardan hech kim yutmadi. Artur "Yuventus"da muvaffaqiyatsiz ikki mavsumni o'tkazdi va ijara asosida "Liverpul"ga yo'l oldi. Pyanich esa "ko'k-anorranglilar"ni erkin agent maqomida tark etdi. Braziliyalik hozirda faoliyatini tiklash uchun qattiq ishlamoqda, ammo uning "qizillar" safida uzoq vaqtga qolish ehtimoli kam.



Antoni

Qaerdan: "Ayaks"

Qaerga: "Manchester Yunayted"

Qanchaga: 95 mln evro


Antoni — MYUning eng yangi transferi. Manchesterliklar futbolchi bilan o'tgan yozgi transfer oynasining yopilishidan oldin shartnoma imzolashdi. U o'tgan yozning eng qimmat o'yinchisiga aylandi. Transfer bonuslar bilan birga 100 million evroga etishi mumkin. Ko'plar "Yunayted" braziliyalik uchun ko'p to'lagan deb hisoblamoqda. Buni vaqt ko'rsatadi. Antoni hozircha yomon boshlamadi. U ilk o'yinidayoq gol urdi va "Arsenal"ning joriy mavsumdagi ilk mag'lubiyatiga sabab bo'ldi.



Filippe Koutino

Qaerdan: "Liverpul"

Qaerga: "Barselona"

Qanchaga: 135 mln evro


Koutinoning transferi o'z vaqtida katta shov-shuvlarga sabab bo'lgan edi. O'yinchilar uchun mavsum o'rtasida kamdan-kam holatlarda bunday katta pul to'lashadi. "Barselona" braziliyalik uchun 135 million evroni ayamadi, ammo bitim muvaffaqiyatsiz bo'ldi. Xavbekning Kataloniya klubidagi ishlari yurishmadi. Unga "Bavariya"dagi ijara ham yordam bermadi. Yakunda Koutino Stiven Jerrard boshqarayotgan "Aston Villa"ga yo'l oldi va o'tgan yozda uni 20 mln evroga sotib olishdi. Braziliyalik APLga qaytdi, ammo oldingi darajada emas.



Neymar

Qaerdan: "Barselona

Qaerga: PSJ

Qanchaga: 222 mln evro


Neymarning transfer yuqorida tilgan olinganlardan eng shov-shuvlisi bo'ldi. PSJ 2017 yilning yozida yulduz hujumchini "Barselona"dan 222 mln evroga xarid qildi. Bu futbol tarixidagi rekord bo'ldi. SHu bilan birga Neymar ham eng qimmat braziliyalik o'yinchiga aylandi. Forvard Parijda 5 yilni o'tkazdi. Bu vaqt davomida uning PSJdan ketishi haqidagi mish-mishlar yangrab turdi, ammo u hali ham Franciya poytaxtida. Neymar hali na CHempionlar Ligasi, na "Oltin to'p"ni yutdi, ammo u Parijda barchasi qanoatlantirmoqda. Bu esa eng asosiysi.



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика