Lotar Matteus: "Argentina o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazdi"
15 iyu 2014 22:33
Yangiliklar


Lotar Matteus: "Argentina o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazdi"
Argentina finalda o'zining eng yaxshi o'yinini o'tkazdi. Germaniya esa eng yomoni uchrashuvini. SHunga qaramasdan bundestim chempionlikni nishonladi. Bu Germaniyaning qanday kuchga ekanligidan dalolat beradi. Sizlar mendan ko'ra yaxshi bilasizlar, o'zining eng yaxshi o'yinini o'kazmasdan ham g'alaba qozonish bu haqiqiy chempionlarga xos fazilat.
Myuller va uning jamoadoshlari mundialda bir qator qiziqarli o'yinlarni muxlislarga taqdim etishdi. Finalda esa asosiy urg'u natijaga qaratildi. Futbolchilar juda qiyin vaziyatda ham o'zlarini yo'qotib qo'yishmadi.
Xedira terma jamoa uchun muhim futbolchilardan sanaladi. Uning yo'qotilishi va yana Kramerning jarohati Lyovning rejalarini buzib yubordi. Ammo Yoaxim Lyovda har doim echim bo'lganligi sababli, bu safar ham terma jamoa ustozi o'zi istagan natijaga erisha oldi.

Fikrlar