So’nggi yangiliklar

21:13Фабрицио Романо: Ўзбекистон термаси "Олтин тўп" соҳиби бошқаради  0 20:56ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  1 20:25Гаиска Мендьета: "Хави МЮда ишлашга ўзини тайёрлаб келмоқда"  1 19:53"Парма" ҳужумчиси Англиянинг учта клуби эътиборига тушди  1 19:30Терма жамоа дарвозабони, Қосимовни ютган мураббий, 21 ёшли футболчи — Суперлигада 23-турнинг энг яхшилари   3 19:13Тўрақулов, Искандеров, Ҳожимирзаев, Сергеев ва бошқалар... Суперлига 23-тур рамзий терма жамоаси  2 18:50Ўзбекистон Озарбайжон билан биргаликда Жаҳон чемпионатига мезбонлик қилади!  17 18:36"Арсенал" Сакага ҳафтасига 322 000 евро тўлашга тайёр  2 18:08Жиру: "Европа Лигаси биз учун жуда муҳим"  1 17:40Ла Лига "Атлетико" – "Реал" учрашувида янграган ҳақоратомуз сўзларни қоралади  0 17:12Артета: "Дарвозани дахлсиз сақлаганимиздан жуда хурсандмиз"  0 16:44Расман: Шукуров БАА клубига ўтди  9 16:14Конте: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтирди"  3 16:08Каннаваро тайинлови: пиарми ёки стратегик қарор?  44 15:45Гвардиола: "90 дақиқа Родри учун оғир синов бўларди"  1

"Lokomotiv" yozda Angliyada yig'in o'tkazishi mumkin Yangiliklar

"Lokomotiv" yozda Angliyada yig'in o'tkazishi mumkin

Kecha Angliyaning "Flitvud Taun" futbol klubi vakili Stiv Bellis xizmat yuzasidan Toshkentga tashrif buyurdi.

Xabaringiz bor, o'tgan yil "Lokomotiv" hamda "Flitvud Taun" o'rtasida rasmiy hamkorlik imzolangan bo'lib, bundan ko'zlangan maqsad o'zbekistonlik yosh iqtidorli futbolchilarni Angliyada malaka oshirishini taminlash uchun qo'yilgan dastlabki qadam bo'lgandi.

Ushbu hamkorlikning ilk samarasi o'laroq o'tgan yilning kuzida "Lokomotiv"ning ikki futbolchisi, darvozabon Rustam Nartajiev bilan himoyachi Sergey Proxorov "Flitvud Taun"da uch oylik malaka oshirib qaytgandi. Va har ikkala futbolchi ham aynan evropalik mutaxassislarning kuzatuvidan so'ng ularning taklifiga binoan Tumanli Albionga yo'l olishgandi. Malumot uchun Toshkentga tashrif buyurgan Stiv Bellis mazkur klubning "Xalqaro bo'limi"da faoliyat yuritadi hamda xorij klublari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish borasida ish olib boradi. Bundan tashqari, bu mutaxassis bungacha Angliyaning boshqa bir klubi "Everton"da konsultant bo'lib ishlagan.

Stiv Bellisning Toshkentga tashrifidan ko'zlangan maqsad, "Lokomotiv" hamda "Flitvud Taun" o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, "Lokomotiv"ning Angliyada yozgi o'quv-yig'in mashg'ulotini o'tkazishni taminlash, Evropa klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish, "Lokomotiv"ga angliyalik mutaxassislarni jalb qilishda yaqindan yordam berish, o'zbekistonlik futbolchilarning yuksak saviyadagi o'yinchi bo'lib etishishi uchun xorijda faoliyatini yo'lga qo'yishda ko'mak berish va boshqa masalalar o'rin olgan. Biz voqealar rivoji bilan batafsil tanishtirib boramiz. Angliyalik mehmon kecha bo'lib o'tgan O'zbekiston - Filippin o'yiniga ham tashrif buyurdi.


Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика