So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  4 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  102 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

“Lokomotiv” yoshlari yirik hisobda zafar quchishdi Yangiliklar

“Lokomotiv” yoshlari yirik hisobda zafar quchishdi

Teglar :  Lokomotiv
Vazgen Manasyan qabul qilib olgan “Lokomotiv” yoshlar jamoasi 2016 yil hisobidan uchinchi o'rtoqlik uchrashuvida yirik g'alabaga erishdi.

“Bunyodkor-2” jamoasiga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda yosh “temiryo'lchilar” raqiblari darvozasini javobsiz besh marta ishg'ol qilishdi.

Dastlabki daqiqalardanoq raqibidan ustun harakat qilgan “Lokomotiv” 3-daqiqadayoq Timur Usmonovning goli bilan hisobda oldinga chiqib oldi. Birinchi bo'limda shuningek Jahongir Safarov penaltidan bitta gol urgan bo'lsa, Evgeniy Tanaev dublini rasmiylashtirdi.

Ikkinchi bo'limda bosh murabbiy 5 ta o'zgarishni amalga oshirdi. 55-daqiqaga kelib uchrashuvni boshqarib borgan hakam mezbonlar darvozasi tomon ikkinchi penaltini tayin qildi. Birinchisida futbolchi to'pni qo'li bilan o'ynagan bo'lsa, ikkinchisida yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketayotgan “Lokomotiv” futbolchisi qo'pollik bilan to'xtatib qolindi. SHoxruh Mo'minqulov esa penaltini amalga oshirishda mo'ljaldan adashmadi. SHundan keyin ham yosh “temiryo'lchilar” bir qator imkoniyatlarga ega bo'lishsada, Mo'minoqulovning goli o'yindagi so'nggisi bo'lib qoldi.

Qayd etish kerak, futbolchilar mazkur bellashuvda o'zlarini ham, raqibni ham ayab o'tirishmadi. Natijada “Bunyodkor”ning ikkita futbolchisi 25 va 52-daqiqalarda maydondan chetlatildi. O'yin o'rtoqlik maqomida bo'lgani vajidan, qizil kartochka olgan futbolchining o'rniga yangi kuch tushirildi.

75-daqiqaga kelib ikkinchi qizil kartochka ishlanishida jabrlanuvchi rolini o'ynagan “Lokomotiv” futbolchisi shifokor tavsiyasiga ko'ra uchrashuvni davom ettira olmadi. Vazgen Manasyan esa o'yinni 10 kishi bo'lib yakunlab qo'yishga qaror qildi hamda boshqa futbolchini maydonga tushirmadi.

Eslatib o'tamiz, 30 yanvar kuni “Lokomotiv” yoshlari mazkur stadionda “Bunyodkor” yoshlari bilan 1:1 hisobida durang o'ynashgandi.

BUNYODKOR-2 – LOKOMOTIV 0:5

Gollar: Timur Usmonov, 3 (0:1). Evgeniy Tanaev, 26 (0:2). Jahongir Safarov, 29-pen (0:3). Evgeniy Tanaev, 38 (0:4). SHoxruh Mo'minqulov, 55-pen (0:5) .

“Lokomotiv”: Azamat Saiboev - Dilshod Ergashev (Lazer Adamov, 46), Farrux Ibrohimov, Xurshid Muxtorov (Otabek Muhamedov, 46), Ulug'bek Abdullaev - Evgeniy Tanaev (Xurshid G'iyosov, 46), Bobur Ergashev (Jahongir Soqiev, 46), Jahongir Safarov, Jahongir Xamroev (Aziz Fozilov, 46) - SHoxruh Mo'minqulov (Abbos Komilov, 46), Timur Usmonov.



2

 1

 9

 7

 12

 3

 6

 10

 4

 11

 15

 14

 16

 5


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика