So’nggi yangiliklar

09:47Мбаппе Франция рекордини янгилади  1 09:15Ямал тарихга кирди  4 08:41Дембеле тарихда ушбу натижага эришган 10-футболчи бўлди  8 08:09Месси Дембелени табриклади  6 07:44Хави АПЛ жамоасини бошқариши мумкин  4 02:06А Серия. "Наполи" навбатдаги ғалабасига эришди  0 01:58Ўтган мавсумнинг энг яхши жамоаси илк мағлубиятини қабул қилиб олди  4 01:50BALLON D'OR-2025  120 23:22Рэшфорд "Хетафе"га қарши баҳс куни Флик томонидан жазоланган экан  5 22:13"Реал ТВ": "Барселона" рақиблари ҳар 3,8 та қўполлик учун сариқ карточка олишмоқда  11 20:57"Реал"нинг асосий юлдузларидан бири январда жамоани тарк этиши мумкин  8 19:53УEФА Исроилни барча Европа мусобақаларидан четлаштириш ниятида  21 19:22Бензема Европага қайтиши мумкин: Моуринью Каримни "Бенфика"га чақирди  6 18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  6

"Lokomotiv" Turkiyada Ukraina chempionatining 3-o'rindagi jamoasi bilan durang o'ynadi Yangiliklar

"Lokomotiv" Turkiyada Ukraina chempionatining 3-o'rindagi jamoasi bilan durang o'ynadi

Bugun Turkiyaning Antaliya shahrida Mikael Sekeyra boshchiligidagi "Lokomotiv" jamoasi ilk sinov-nazorat o'yinida qatnashdi.

Unda tomonlar murosa ko'chasini tanlashdi. Qayd etish kerak, uchrashuvning 11-daqiqasida Azizbek Amonov bo'sh qolgan darvozaga gol ura olmagan bo'lsa, 25-daqiqada Temurxo'ja Abduxoliqov ham yaxshi imkoniyatdan raqib postiga yo'l topa bilmadi. Ikkinchi bo'limda ham "Loko"da bir necha bora qulay imkoniyatlar yuzaga keldi. O'z navbatida "Desna" ham bir necha yaxshi imkoniyatlar yaratgandi. Biroq bularning gol bo'lishiga "Loko" futbolchilari yo'l berishmadi. Yakuniy hisob, 0:0.

"Lokomotiv"ning 1-bo'limdagi tarkibi: Javohir Ilyosov, Dilshod Komilov, SHerzod Fayziev, Jaloliddin Jumaboev, SHuhrat Muhammadiev, Sanjar Qodirqulov, G'ulom-Haydar Gulyamov, Diyorjon Turapov, Sadriddin Abdullaev, Aziz Amonov, Temurxo'ja Abduxoliqov.

2-bo'limdagi tarkib: Abdumavlon Abduljalilov, Farruhjon Ibrohimov, Islomjon Qobilov, Diego Bardanka, Kaxi Maxaradze, Avazbek O'lmasaliev, Xurshid Muxtorov, Islom Rashidxonov, Javohir Siddiqov, Javohir Alijonov, Marat Bikmaev, Boburjon Asqarov, Ibrohim G'anixonov.





Reklama


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика