"Lokomotiv" Turkiyada SHimoliy Makedoniya chempionati peshqadamiga qarshi o'ynaydi
30 dek 2022 15:51
Yangiliklar
"Lokomotiv" Turkiyada SHimoliy Makedoniya chempionati peshqadamiga qarshi o'ynaydi
"Lokomotiv" matbuot xizmati Turkiyadagi yig'inlar doirasida yana bir qancha malumotlarni bayon qildi.
Oldinroq malum qilganimizdek, "Lokomotiv" 20 yanvardan 4 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib boradi.
Ushbu yig'in doirasida jamoamiz 6ta sinov-nazorat o'yinlarida ishtirok etishi reja qilingan. Bunga qadar jamoamiz 22 yanvar kuni "Krasnodar-2" hamda 27 yanvar kuni "Dukadjini" jamoasiga qarshi bahs olib borishini malum qilgandik. Bugunga qadar yig'in doirasidagi yana 2 raqib aniq bo'ldi.
Ular - SHimoliy Makedoniya chempionati peshqadami "Struga Trim-Lum" hamda Rossiyaning "Ufa" jamoasi.
22.01.2023
"Lokomotiv" - "Krasnodar-2" (Rossiya)
25.01.2023
"Lokomotiv" - "Struga Trim-Lum" (SHimoliy Makedoniya)
27.01.2023
"Lokomotiv" - KF "Dukadjini" (Kosovo)
02.02.2023
"Lokomotiv" - "Ufa" (Rossiya)

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar