So’nggi yangiliklar

14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  3 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  3 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  3 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  15 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  9 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1 09:56“Ал-Ҳилол” Саудия Арабистони Суперкубогида иштирок этишдан бош тортди  2 09:31Отабек Жўрақўзиев: “Мухлисларимизни Суперлига ва ОЧЛ учрашувларида хурсанд қиламиз”  4

“Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Malayziyadagi xalqaro turnir g'olibiga aylandi Yangiliklar

“Lokomotiv” tarbiyalanuvchilari Malayziyadagi xalqaro turnir g'olibiga aylandi

Teglar :  Lokomotiv
“Lokomotiv” jamoasining 12 - 14 yoshgacha bo'lgan tarbiyalanuvchilari Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida o'tkazilayotgan xalqaro “1-ST AFZA GRASS ROOT LEAGUE” musobaqasida ishtirok etayotganidan xabaringiz bor.

Kuala Lumpurda o'tayotgan musobaqaning guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan tarbiyalanuvchilarimiz hal qiluvchi o'yinlarda ham ajoyib natija qayd etishdi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, guruhdan muvaffaqiyatli chiqqan 4 ta jamoa o'zaro o'yinlar o'tkazdi va shu o'yinlar natijasiga ko'ra, musobaqa g'olibi nomiga oydinlik kiritildi. Unga ko'ra, hal qiluvchi bahslarda bir xil 2:1, 1:2 hamda 2:0 natijalarini qayd etgan “Lokomotiv U-12” hamda “Bukit Jalil U-12” jamoalari turnir chempioniga aylanishdi.

“1-ST AFZA GRASS ROOT LEAGUE” musobaqasi g'olibiga aylangan ikki jamoa o'rtasida ertaga o'rtoqlik maqomida o'yin o'tkazish taklif qilindi. Mazkur bellashuv Malayziya terma jamoasi uy o'yinlarini o'tkazadigan Milliy stadion maydonlaridan birida tashkil etiladi.

Qolaversa, ertaga “Lokomotiv” jamoasi tarbiyalanuvchilari Osiyo Futbol Konfederaciyasi bosh qarorgohiga tashrif buyurishadi va OFK muzeyini tomosha qilish imkoniga ega bo'lishadi. So'ng Malayziya Futbol Federaciyasi binosiga ham tashrif buyurish mo'ljallangan.


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика