So’nggi yangiliklar

20:00Суперлига. "Машъал" – "Бухоро" (матнли трансляция)  12 19:48Гвардиола "Манчестер Сити" футболчисининг "Реал"га ўтишига тўсқинлик қилган  0 19:20ЎФА нега жим?  3 19:04Суперлига. "Сўғдиёна" - "Нефтчи" 0:1 (матнли трансляция)  14 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  6 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  13 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  2 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  9 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  46 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  16

"Lokomotiv": Slovakiya U-21 2:0 hisobida mag'lub etildi Yangiliklar

"Lokomotiv": Slovakiya U-21 2:0 hisobida mag'lub etildi

Teglar :  Lokomotiv
“Lokomotiv” Dubaydagi so'nggi o'rtoqlik uchrashuvini 2:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunladi.
Slovakiya termasiga qarshi o'yin oldidan Mirko Elichich tarkibni teng ikki qismga bo'ldi. Birinchi bo'limda harakat qilgan futbolchilar o'z o'rinlarini tanaffusda bo'shatib berishdi.

Bellashuvni Pavel Hapal boshchilik qilayotgan slovakiyalik futbolchilar nisbatan yaxshiroq boshlashdi. Birinchi 45 daqiqalikning teng yarmida ustunlik ular tomonida bo'lganini takidlash kerak. Taym o'rtalariga kelibgina vakillarimiz o'yinning borishini tenglashtirishdi. Har ikki jamoa vakillari qanchalik harakat qilishmasin, birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Qizig'i “temiryo'lchilar” bundan oldingi ikki uchrashuvni ham golsiz durang bilan yakunlashgandi.

Ikkinchi bo'limda maydonga chiqarilgan tarkib nisbatan hujumkorroq edi. Birinchisida yaqqol hujumchi sifatida ko'rikda bo'lib turgan serbiyalik Nenad Inyac ko'rinish bergan bo'lsa, ikkinchi 45 daqiqalikda nominal hujumchilar soni 4 tani tashkil qilayotgandi. Bunda Bikmaev va Timurxo'ja Abduholiqov hujumlarga qanotdan qo'shilishlari ko'zga tutilgandi.

O'yinning 65-daqiqasiga kelib hisob mana shu futbolchilarning faolliklari evaziga ochildi. Abduholiqov to'pni qanotdan Bikmaevga uzatib berdi. Maratning zarbasini esa slovakiyalik posbon qaytara olmadi. SHu tariqa “Lokomotiv” Dubaydagi o'yinlarning 245-daqiqasiga kelibgina gol urishga muvaffaq bo'ldi.

O'yinning asosiy vaqti yakuniga etayotgan bir paytda Timurxo'ja Abduholiqov slovakiyaliklar darvozasiga ikkinchi golni kiritdi. Xurshid Muxtorov jamoadoshini qulay poziciyaga olib chiqqandi.

SHu bilan rejalashtirilgan har uchala o'yin ham o'tkazib bo'lindi. Delegaciyamiz ertaga – 23 yanvar kuni Toshkentga qaytib keladi.

 

22 yanvar, 2016 yil

Xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi

LOKOMOTIV (O'zbekiston) - SLOVAKIYA U-21 2:0

Gollar: Marat Bikmaev, 65 (1:0). Timurxo'ja Abduholiqov, 90 (2:0).

1-bo'limda: Nizom Nortojiev - SHerzod Fayziev, Islom To'xtaxo'jaev, Nemanya, Yanichich, Salim Mustafoev - Sardor Mirzaev, Kaxi Maxaradze, Quvondiq Ro'ziev, Server Jeparov, Jasur Hasanov (katta) - Nenad Inyac.

2-bo'limda: Nizom Nortojiev - Jasur Hasanov (kichik), Xurshid Muxtorov, Oleg Zoteev - Timur Kapadze, Sergey Proxorov - Sanjar SHoahmedov, Timurxo'ja Abduholiqov, Marat Bikmaev - Doniyor Usmonov, Ivan Nagaev.

22

23

24

25

21


Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика