So’nggi yangiliklar

12:55Факт. "Навбаҳор" 8 йилдан сўнг дарвозасидан 4 та гол ўтказди  2 11:46"Сўғдиёна" мураббийи: "Бу йилги мақсадимиз - Ўзбекистон Кубоги"  2 11:21Факт. "Сўғдиёна" Ўзбекистон Кубогида 20 йилдан сўнг "Навбаҳор"ни ютди  4 10:50"Реал" футболчиси Лига 1 чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин  0 10:33Пролига. Бугун 13-тур якунланади  0 10:05ПСЖ Доннаруммага нарх белгилади  5 09:40МЮнинг яна бир иқтидор соҳиби ёзда жамоани тарк этмоқчи  3 09:17Анчелотти нима сабабдан Неймарни термага чақирмаганига изоҳ берди  0 08:51Суперкубок. Бугун финал  0 08:26Родриго келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:00Ўзбекистон кубоги. Бугун яна бир ярим финалчи аниқланади  7 07:35Жиззахда "Сўғдиёна" "Навбаҳор"га ҳеч қандай имконият қолдирмай мағлуб этган учрашувдан ГАЛEРEЯ  5 02:05АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси тақдирини 16 ёшли йигит ҳал қилди  16 01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  1 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  5

"Lokomotiv" PFK bokschilarimizning xalqaro yutug'i bilan qutlaydi Yangiliklar

"Lokomotiv" PFK bokschilarimizning xalqaro yutug'i bilan qutlaydi

Teglar :  "Lokomotiv"Boks
Boks bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi.

"Lokomotiv" PFK Rossiyaning Ekaterinburg shahrida bo'lib o'tayotgan boks bo'yicha jahon chempionatida qatnashgan O'zbekiston terma jamoasining umumjamoa hisobida birinchi o'rinni qo'lga kiritgani bilan tabriklaydi. 

Bugun to'rt nafar bokschimiz ringga ko'tarilib, uchta oltin medal va bitta kumush medalni qo'lga kiritishdi. Dastlab SHahobiddin Zoirov oltin medallar shodasini boshlab berdi. U finalda hindistonlik raqibini mag'lub etdi. Undan keyin Mirazizbek Mirzaxalilov kubalik bokschini mag'lub etib ikkinchi oltin medalni yurtimizga taqdim qildi. 

Afsuski, Dilshod Ro'zmetovdan finalda biroz omad yuz o'girdi va u qozog'istonlik raqibiga ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ydi. Og'ir vazndagi sportchimiz Bahodir Jalolov esa finalda qozog'istonlik bokschini engib uchinchi oltin medalni taqdim etdi. 

Ikki yil avval Germaniyaning Gamburg shahrida tashkil etilgan boks bo'yicha jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida ikkinchi bo'lgandi, bu safar omad to'liq biz tomonda bo'lib birinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Bu borada Rossiya ikkinchi va Qozog'iston uchinchi bo'ldi. 

SHunday ekan, qo'lga kiritilgan ushbu ajoyib yutuq bilan bokschilarimizni va O'zbekiston boks federaciyasi rahbariyatini "Lokomotiv" PFK rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar, ishchi-xodimlar hamda jamoamiz muxlislari nomidan muborakbod etib qolamiz. Yurtimiz bayrog'i xalqaro arenalarda baland hilpirashda davom etaversin.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика