So’nggi yangiliklar

23:44Доннарумма "Манчестер Сити"да қайси рақамда ўйнайди?  0 23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  1 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21

"Lokomotiv": Nazorat uchrashuvida “Oqtepa” mag'lub etildi Yangiliklar

"Lokomotiv": Nazorat uchrashuvida “Oqtepa” mag'lub etildi

Oliy Liga 20-tur o'yinlari doirasidagi “Lokomotiv” – “Paxtakor” uchrashuvi boshqa sanaga qoldirilganligi bois, “temiryo'lchilar” nazorat uchrashuvi o'tkazishga qaror qildi.
Toshkent Temir Yo'l Muhandislari Instituti maydonida poytaxtning yana bir jamoasi, birinchi liga vakili “Oqtepa” futbol klubi ushbu nazorat uchrashuvida Abramov shogirdlariga raqiblik qildi.

O'yin davomida raqiblarimiz ham bir necha xavfli vaziyatlar yaratishgan bo'lishsa-da, ustunlik to'liq “Loko” tomonida bo'ldi va ko'plab vaziyatlar yaratildi.
Takidlash kerakki, uchrashuvdagi birinchi golni “Oqtepa” sobiq hujumchisi Alisher SHog'ulomov kiritib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi golni esa birinchi bo'limda SHog'ulomov bilan tandem hosil qilgan holda o'ynagan Ivan Nagaev kiritdi. Har ikki gol ham chap qanotda Jasur Hasanovning faollligi evaziga kiritildi.

Ikkinchi bo'limda maydonga tushgan tarkib ham ancha hujumkor o'yin namoyish etgan bo'lsa-da, o'zi yaratgan vaziyatlarni golga aylantira olmadi. Aksincha, qarshi hujumda yaxshi harakat qilgan “Oqtepa” vakillari penalti ishlashga va uning samarasi o'laroq hisobni qisqartishiga erishdi, 2:1. O'yin shu hisobda yakunlandi.

Nazorat uchrashuvi
“Lokomotiv” – “Oqtepa” 2:1
Gollar:
Alisher SHog'ulomov, Ivan Nagaev
Birinchi bo'limdagi tarkibimiz:

Temur Jo'raev, Aryom Filiposyan, SHavkat Mullajonov, Ilhom Suyunov, Sahob Jo'raev, Ibrohim Rahimov, Quvondiq Ro'ziev, Jasur Hasanov, Viktor Karpenko, Alisher SHog'ulomov, Ivan Nagaev.

Ikkinchi bo'limdagi tarkib:

Ignatiy Nesterov, Artyom Filiposyan, Xurshid Muxtorov, Lutfulla To'raev, Dilshod Rahmatullaev, Sadriddin Abdullaev, Jasur Hasanov, Bobur Tillaboev, Marat Bikmaev, Aleksandr Geynrix, Farhod Tojiev.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика