So’nggi yangiliklar

00:50Ямал жароҳати туфайли "Нюкасл"га қарши ўйнамайди  0 00:10ЕЧЛ. "Реал Мадрид" илк турда "Марсел"ни қабул қилмоқда (онлайн ҳисоб)  94 00:00ЕЧЛ. "Арсенал" илк турда "Атлетик"ка қарши ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  26 23:24Элит ОЧЛ. "Трактор" меҳмонда "Шабаб Ал Аҳли" билан дуранг ўйнади. Хамробеков 78-дақиқада майдонга тушди  0 23:08ЕЧЛ. "Ювентус" - "Боруссия Д". Таркиблар маълум!  8 22:33"Милан" ва "Интер" "Сан-Сиро"ни сотиб олиш бўйича шаҳар маъмурияти билан келишиб олишди  0 22:03"Бу мағлубиятдан фожеа ясаш керак эмас, Осиё гранди билан қўрқмай ўйнагани учун ҳам раҳмат" — "Ал Аҳли" - "Насаф" учрашуви мутахассис нигоҳида   17 21:11Ўзбекистон футзал бўйича Японияга мағлуб бўлган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  2 20:58 "Навбаҳор" футбол мактаби "Аякс" футбол академияси бошқарувига берилади   11 20:43Фарҳод Нишонов: "Про лигага ВАР албатта керак"  0 20:2237 ёшли Мата Австралия чемпионатида жамоасини ўзгартирди  1 20:02Мирко Еличич: "Олимпик-MobiUz" – сифат ва тезлик бобида ажралиб турадиган, ҳужумкор ўйнайдиган жамоа"  0 19:44Аббосбек Ўлмасбеков: "Осиё Кубоги саралашида ҳар учала ўйинда ютишни ният қилганмиз"  1 19:13Ромеро: "Месси ЖЧ-2026га келиб яхши формада бўлади"  10 18:45Ўзбекистон футзал терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Японияга имкониятни бой берди  14

"Lokomotiv" legioneri 3 o'yinga chetlashtirildi, "Paxtakor" futzalchilarining jazolari engillashtirildi Yangiliklar

"Lokomotiv" legioneri 3 o'yinga chetlashtirildi, "Paxtakor" futzalchilarining jazolari engillashtirildi

O'zbekiston Futbol Associaciyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unga ko'ra, bir qator futbolchilar va rasmiylarga nisbatan turli xil sankciyalar qo'llanildi.

Coca Cola Superliga
Uchrashuv:
"Lokomotiv" – "So'g'diyona"
Jarimaga tortildi: Slavko Damyanovich ("Lokomotiv" futbolchisi )
Sabab: Bosh hakam shaniga haqoratli so'zlar ishlatgani uchun
Qaror: 3 ta uchrashuvga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi

U-21 Birinchiligi
Uchrashuv:
"So'g'diyona U-21" – "Paxtakor U-21"
Jarimaga tortildi: Oybek Nurmatov ("So'g'diyona U-21" futbolchisi )
Sabab: Raqib futbolchisiga qasddan tirsagi bilan zarba bergani uchun
Qaror: 3 ta uchrashuvga diskvalifikaciya va jarima intizom chorasi

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati

2019 yilning 17 dekabr kuni futzal Oliy ligasining AGMK – "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi final uchrashuvidan so'ng "Paxtakor" jamoasi azolari Avazbek Abduvaliev, Dilshod Irsaliev, Akmal Hazratqulov va Feruz Faxriddinov ommaviy janjal keltirib chiqargan edi. O'FA Tartib-intizom qo'mitasining 2019 yil 19 dekabr sanasidagi yig'ilishida ushbu futzalchilarga nisbatan intizomiy choralar ko'rilgan edi.

"Paxtakor" futzalchilari 2020 yilning 22 iyun kuni o'z ishidan pushaymonligi, ushbu ish qayta takrorlanmasligini bildirib, murojaat qilishgani va pandemiya sharoitidan kelib chiqib, mazkur futzalchilarga belgilangan chetlashtirish choralari qayta ko'rib chiqildi. Unga ko'ra:

Avazbek Abduvaliev, Dilshod Irsaliev va Akmal Hazratqulovga nisbatan 10 ta uchrashuvga chetlashtirish intizom chorasi 5 ta uchrashuvga almashtirildi va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Feruz Faxriddinovga nisbatan 20 ta o'yinga diskvalifikaciya qilish chorasi esa 10 ta o'yinga qisqartirildi va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика