So’nggi yangiliklar

10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  1 10:16"Ливерпуль" футболчиси Италияга қайтишга яқин  2 09:47"Хоразм" легионери билан хайрлашди  1 09:14Одил Абдумажидов фаолиятини юртимизда давом эттиради  1 08:40"Нефтчи" яна бир легионер футболчи билан хайрлашишга яқин  10 08:13“Мираброр Усмонов кубоги-2025”. Бугун Саудия Арабистонига қарши баҳс олиб борамиз  4 07:30Саудия Арабистони футболчилари Ўзбекистон U-23га қарши баҳс олдидан нималар деди?  0 00:50"Бавария" "Ливерпуль"га Диас учун 70 миллион евро ва бонуслар таклиф қилади  0 00:15"Аталанта" Ретегини 65 млн. еврога сотди  3 00:12МЮ "Брентфорд"нинг энг яхши тўпурари Мбемони 65+6 миллион фунтга сотиб олди  4 23:48Сауль Туркияга кўчиб ўтиш фикридан қайтди. Нега?  0 23:13As ўқувчиларининг 72% "Реал" Винисиус билан шартнома узайтиришини хоҳламайди  4 22:45"Реал" ва яна бир қатор жамоалар клублар ўртасидаги ЖЧ ҳар 2 йилда ўтказилишини хоҳлашмоқда, ФИФА эса...  3 22:15Луиджи Ди Бияджо: "Мусобақага қийин ҳолатда тайёргарлик кўрмоқдамиз"  6 21:47"Барселона" 2025 йилда "Камп Ноу"да ўйнай олмаслиги мумкин  10

“Lokomotiv” futbolchilariga O'zbekiston chempionati oltin medallari va Chevrolet Gentra kaliti topshirildi FOTO Yangiliklar

“Lokomotiv” futbolchilariga O'zbekiston chempionati oltin medallari va Chevrolet Gentra kaliti topshirildi FOTO

Teglar :  LokomotivOliy liga
Bilasiz, 2016 yilgi mavsum “Lokomotiv” jamoasi uchun juda muvaffaqiyatli tarzda o'tdi.

Jamoa Osiyo CHempionlar Ligasida chorak finalga qadar etib bordi. Ichki chempionatda esa uzoq kutilgan chempionlikka erishildi. SHuningdek, O'zbekiston kubogida ham muvaffaqiyat qozonilib, “Oltin dubl” rasmiylashtirildi.

Kecha mana shunday sovrinlarga boy tarzda o'tgan mavsum yakunlariga bag'ishlab bayram dasturxoni yozildi va chempionga oltin medallar topshirildi. Poytaxtimizdagi “O'zbekiston” mehmonxonasi kichik tantanalar zalida o'tkazilgan bayram tadbirida “Lokomotiv” jamoasi futbolchilari va klub hodimlari, ularning yaqinlari, jamoa homiylari va OAV vakillari ishtirok etishdi. Yakunda “O'zbekiston Temir yo'llari” AJ boshqaruv raisi birinchi o'rinbosari Dexkanov Davron Tulkunovich va O'zbekiston Futbol Federaciyasi vice-prezidenti Rahmatullaev Sardor Hamidullaevich mamlakatimizning yangi chempioniga oltin medallarni topshirishdi.

Klub bosh homiysi sanaladigan “O'zbekiston Temir yo'llari” AJ tomonidan shuningdek, “Lokomotiv”ning chempionlikka erishishiga katta xissa qo'shgan barcha futbolchi va murabbiylarga so'nggi rusumdagi Chevrolet Gentra avtomobillari kaliti ham topshirildi.




Saytimizning Telegram dagi kanaliga obuna bo'ling - telegram.me/championatasia

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика