So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

"Lokomotiv" futbol klubining TTYMI stadioniga kiraverishda ro'y bergan muammolar bo'yicha bayonoti Yangiliklar

"Lokomotiv" futbol klubining TTYMI stadioniga kiraverishda ro'y bergan muammolar bo'yicha bayonoti

Teglar :  Lokomotiv
Kecha, 15 sentyabr kuni TTYMI stadionida "Lokomotiv" hamda "Nasaf" jamoalari o'rtasida O'zbekiston Kubogi 1/2 final bosqichidan o'rin olgan javob uchrashuvi o'tkazildi.

O'yinga bo'lgan etibor yuqoriligi bois stadionga ko'p sonli muxlislar kelishi kutilgandi va shunday bo'ldi ham. 

Xabaringiz bo'lsa kerak, mazkur uchrashuv qaysi stadionda bo'lib o'tishi to'g'risida birdaniga bir qarorga kelinmadi. Dastlab o'yin TTZdagi "Lokomotiv" stadionida bo'lishi haqida xabar berdik, biroq keyinchalik joy nomi o'zgarib, oxir-oqibat TTYMI varianti qoldi. Ushbu stadion institut hududida joylashgani bois xavfsizlikni taminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan o'yinga atab chipta chiqarish va chiptalar soni 2000 (ikki ming) donadan oshmasligi "Lokomotiv" futbol klubiga vazifa etib yuklatildi. 

Natijada klub shunga monand ish yuritib ikki ming dona chipta sotuvga chiqarib, chiptalar narxi CIP o'rindiqlar uchun 15 ming so'm, boshqa sektorlar uchun 5 ming so'm etib belgilandi. Ammo o'yin paytida shunday hol yuz berdiki, aksariyat muxlislar hatto chipta sotib olgan bo'lishlariga qaramay, stadionga kira olishmadi. Buning sababi shundaki, bazi ishqibozlar yo'lini topib bepul stadionga kirib ketishdi. 

Kimlardir stadion atrofidagi to'siqlardan oshib kirgan bo'lsa, yana kimlardir miliciya xodimlarini chalg'itgan holda o'tib ketishdi. Natijada ayrim miliciya xodimlari o'z vazifalarini to'liq bajara olishmadi. Stadionda joylar soni cheklangan emasmi, buning oqibatida qo'lida chipta bo'la turib stadionga kira olmay qolganlar bilan tushunmovchilik yuzaga keldi. Va shu tariqa hatto chiptasi borlar ham stadionga kira olishmadi. Hatto klubimiz rahbariyati va bazi xodimlarimiz ham stadionga kirish borasida qiyinchilikka duch kelishdi. Qachonki "Biz shu o'yinda mezbonmiz, bizning jamoa o'ynaydi" deb yotig'i bilan tushuntirilganidan so'nggina miliciya xodimlari tomonidan kirishga ruxsat berildi. 

Muxlislarga shuni malum qilamizki, o'yin bo'ladigan kunlari xavfsizlikni taminlash maqsadida stadion to'liq Ichki ishlar vazirligi nazoratiga topshiriladi. Yani, bunda klubning chipta chiqarib sotishdan boshqa roli qolmaydi. Muxlislarning ichkariga kirishini esa to'liq miliciya xodimlari nazorat qiladi. Boshqacha aytganda, klub bu erda faqat o'yinning o'zi bilan bog'liq masalalarni hal etishi mumkin. "Lokomotiv" futbol klubi chipta sotib olgan bo'lishiga qaramay, stadionga kira olmay qolgan muxlislarning holatini tushunadi va keyingi o'yinlarda bunday voqea boshqa ro'y bermasligi uchun zarur chora-tadbirlarni o'rganib chiqadi. 

"Lokomotiv" futbol klubi matbuot xizmati.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика