So’nggi yangiliklar

21:15Суперлига. "Сурхон" – "Бунёдкор" 3:0 (матнли трансляция)  8 21:10"Ман Сити" Доннаруммани сотиб олишдан кўра Эдерсонни сақлаб қолишни афзал кўрмоқда  2 21:00Суперлига. "Хоразм" "Бухоро" билан сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан чиқарди  10 20:45"Реал" эртага 45 млнга сотиб олган ўйинчисини таништиради  1 20:28ЕКЛ саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Викинг". Элдор Шомуродов асосий таркибда (онлайн ҳисоб)  10 19:20Про лига. "Олимпик" ўз уйида "Локомотив"га ютқазди, Анзур Исмоилов гол урди  1 18:58"Қўқон-1912" ҳужумчиси роппа-роса 1 йилдан сўнг гол урди  4 17:30"Андижон" - "Навбаҳор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  3 16:55"Қизилқум" — Акмал Рустамовга сербиялик мураббий натижасини такрорлаш учун 7 та ўйин кифоя қилди  2 16:35Про лига 12-турида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 16:25Суперкубок. ПСЖ - "Тоттенхэм" ўйини олдидан превью  1 16:10"Майдон атрофидаги муҳит ўйиндан ҳам қайноқроқ эди. Лушчанга тан бериш керак" — Санжар Асқаралиев водий дербиси ҳақида гапирди  5 15:50АПЛ 1-тур ўйинлари бир дақиқалик сукут билан бошланади  2 15:30"Хоразм" тарихий натижа остонасида  0 15:15"Қалдирғочлар"нинг меҳмондаги парвози давом этадими?  0

"Lokomotiv": Faxriy-u nuroniylar hamisha izzatda Yangiliklar

"Lokomotiv": Faxriy-u nuroniylar hamisha izzatda

Teglar :  Lokomotiv
Xabaringiz bor, “Lokomotiv” jamoasi yangi mavsumda uy uchrashuvlarini bevosita stadiondan ko'rishni istagan 55 yoshdan katta muxlis-u muxlisalarga “Lokomotiv” stadioniga kirish bepul bo'lishini malum qilgan edi.

Mazkur yangilik keng jamoatchilik vakillarida ijobiy taassurot qoldirdi. Buni klub elektron pochtasiga kelayotgan xatlar misolida ham ko'rib turibmiz. Jumladan, shunday xatlardan biri O'zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg'armasi tomonidan yuborildi. Xatda quyidagicha fikr bildirib o'tilgan:
 
“Lokomotiv” futbol klubi mamlakatimiz va xalqaro arenada o'z o'rniga ega jamoadir. Mamlakatimizda millionlar o'yini bo'lgan futbol ishqibozlarining safi ham kengayib bormoqda. O'tkazilayotgan mamlakat kubogi, osiyo va milliy chempionatlar keksa yoshdagi faxriylarimizni ham befarq qoldirayotgani yo'q. Futbol musobaqalarida yoshi ulug', keksa yoshdagi futbol muxlislarini o'z jamoalarini qo'llab-quvvatlashi hamda faol hordiq chiqarishlari uchun stadionga tashriflarini bepul qilingani uchun nuroniylar nomidan minnatdorchilik bildirib, sevimli “Lokomotiv” jamoasiga yangi zafarlar tilaymiz”, deyiladi xabar matnida.

Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan bunday loyihalar jamoatchilik vakillariga manzur bo'layotganidan mamnunmiz. SHu o'rinda takidlab o'tamiz, “Lokomotiv” ishqibozlari uchun mavsumiy uchrashuvlarning yillik abonementi ham yaqin oradan boshlab sotuvga chiqadi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика