So’nggi yangiliklar

00:20"Андижон" ўз майдонида "Сўғдиёна" билан дуранг ўйнади. "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда "Қизилқум" устидан ғалаба қозонди  1 00:10АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" 1:1  0 00:05COPE: Бускетс МЛС мавсуми сўнггида фаолиятини якунлайди  0 23:30Акмал Рустамов: "Ҳакам қоида бузилишини атайин кутди"  16 23:03Максим Шацких: "Биринчи таймда шунча вазият яратиб, гол ура олмасликни қандай изоҳлаш мумкин, билмадим"  5 22:54"Барселона" — "Хетафе". Педри, Левандовски ва Рафинья асосий таркибда  6 22:48Рўзиқул Бердиев: "Бизга бугун уч очко жуда зарур эди"  16 22:34АПЛ. "Арсенал" "Манчестер Сити" билан ўйиннинг сўнгги дақиқаларида мағлубиятдан қутулиб қолди, Ҳусанов жароҳат сабаб бир тайм ўйнади  57 22:14Иван Бошкович: "Рубин Хебайда жароҳат бор"  1 21:25Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Мальорка" билан дуранг ўйнади, мадридликлар ўйинни ўн киши бўлиб якунлашди  3 21:15Ҳакам томонидан қўшиб берилган дақиқаларда Черан томонидан киритилган гол "Насаф"га ғалаба тақдим этди  123 21:02Туркия Суперлигаси. "Башакшехир" ўз уйида "Аланяспор"ни мағлуб этолмади, истанбулликларнинг ягона голига Шомуродов муаллифлик қилди  17 20:52БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Ғаниев 59 дақиқа ўйнади  1 19:37Родри: "Арсенал"дан қасос олишимиз керак"  7 19:18"Арсенал" — "Манчестер Сити". Ҳусанов асосий таркибда  31

"Lokomotiv": Endi bor etiborni oliy ligada chempion bo'lish va Kubokni yutishga qaratamiz Yangiliklar

"Lokomotiv": Endi bor etiborni oliy ligada chempion bo'lish va Kubokni yutishga qaratamiz

Toshkent, 22 aprel - Futbolda o'zi shunaqa, odam o'yindan o'yinga yashaydi.
Buni ko'proq futbolda ishlab ko'rgan yoki bo'lmasa ishlayotgan kishi tushunadi. Futbolda Siz besh oydan keyin shu ishni qilaman, uch yildan so'ng shunga erishaman deb aniq reja qila olmaysiz. CHunki bu o'yin va o'yindan keyin nima bo'lishini hech kim bilmaydi.

Kecha "Lokomotiv" Osiyo chempionlar ligasining 5-turini o'tkazdi. O'z maydonimizda Saudiya Arabistonining eng kuchli klubini qabul qilib 1:2 hisobida yutqazib qo'ydik. Albatta, bu mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'raymiz. Kechagi mag'lubiyatdan so'ng "temiryo'lchilar" OCHL bilan xayrlashishdi. Endi jamoa "Fulad" bilan shunchaki guruhda oxirgi o'rinni olmaslik uchun o'ynaydi. Aytish mumkinki, "Fulad"ga qarshi o'yin presstij uchun kechadigan bahs bo'ladi.

Kecha mag'lub bo'ldik va OCHLni tark etdik, lekin hayot shu bilan to'xtab qolmaydi. Biz har qanday tanqidga tayyormiz, chunki yil boshidagi maqsadlar umuman boshqacha edi. Guruhdan chiqa olmagandan keyin muxlislarning tanqid qilishga haqlari bor. Ammo "Lokomotiv" bitta o'yindan so'ng "sinib" qoladigan jamoa emas. Faqat tan olaylik, "Al Hilol" bugungi kunda Osiyoning eng kuchli uchta jamoasidan biri hisoblanadi. Ular shu darajaga etish uchun qancha yillarni yo'qotishdi. "Lokomotiv" esa endi yo'lning boshida turibdi va nasib qilsa bizda ham g'alaba va yutuqlar ko'p bo'ladi.

"Lokomotiv" o'zbek futbolida hali shonli tarixga ega klub emas. Jamoa endi-endi o'zini tiklab yuqoriga qarab intilmoqda. Bu erda ishlayotgan barchaning maqsadi bitta: "Lokomotiv"ning shanini ko'tarish, o'zbek futbolida yana bir kuchli jamoani shakllantirish. Xalqaro maydonlarda o'zbek futboli obro'sini munosib himoya qila oladigan jamoani yuzaga keltirish. Faqat buning uchun vaqt, mehnat va sabr kerak bo'ladi. Futbolda hammasi birdaniga amalga oshib qolmaydi, barchasi mustahkam poydevor evaziga tiklanib boradi.

"Lokomotiv" OCHLni tark etgani bilan hali o'z maqsadidan qaytgani yo'q. Jamoamiz O'zbekiston chempioni bo'lish hamda mamlakat Kubogini qo'lga kiritish uchun kurashishda davom etadi. Ayniqsa, biz uchun oliy ligada birinchi bo'lish judayam zarur hisoblanadi. CHunki "Lokomotiv" o'z tarixida hali bunday yutuqqa erishgan emas. Futbolda hammasi qadam-baqadam. Mana, o'tgan yil Kubokda g'alaba qozongandik, bu yil Superkubokni qo'lga kiritdik. Nasib bo'lsa yil oxirida CHEMPION ham bo'lamiz. SHuningdek, O'zbekiston Kubogini ham yoddan chiqarmaslik kerak. Aytib o'tganimizdek, buning uchun faqat va faqat mehnat qilish lozim. Futbolda bundan boshqa yo'l yo'q. Faqat sabr va mehnatgina insonni o'z maqsadi sari olg'a boshlaydi. "Lokomotiv" - o'z nomi bilan poezdning eng oldi bo'lishi kerak. Jamoamiz shunday bo'lib qolishga harakat qiladi va futbolchilarimiz keyingi bahslarda chiroyli o'yin ko'rsatgan holda g'alaba qozonishga vada berishadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика