So’nggi yangiliklar

19:20ЎФА нега жим?  0 19:04Суперлига. "Сўғдиёна" - "Нефтчи" (матнли трансляция)  11 19:00Суперлига. "Машъал" – "Бухоро" (матнли трансляция)  4 18:58Максим Шацких: "Ҳужумда қулай имкониятларимиз бўлишига ишончим комил"  4 18:36Фабрицио Романо: Ўзбекистон Фабио Каннаваро билан боғланди  12 18:23Деку "Барселона"нинг Нико Уильямсга бўлган қизиқишини рад этди  3 17:55Ҳиндистон клуби ОЧЛ 2 мусобақасидан четлаштирилди  1 17:35"Қайрат"нинг португалиялик легионери: "Тарихга кириш учун қўлимиздан келганини қиламиз"  1 17:14Факт. "Бухоро" 23 йилдан буён "Машъал"ни сафарда ютолмаяпти  2 16:56Факт. Виталий Левченко Жиззахда "Сўғдиёна"га мағлуб бўлмаган  5 16:35Қозоғистон терма жамоасига вақтинчалик бош мураббий тайинланди  1 16:13Дракслер етакчилигидаги "Ал Аҳли" Андижонда!  9 15:55Ўзбекистон футбол ассоциацияси Эрон терма жамоаси собиқ устозига жиддий қизиқмоқда  45 15:20"Валенсия" Винисиус ҳақидаги ҳужжатли фильм туфайли Netflix'ни судга берди  15 14:57ФИФА ЖЧ-2026 саралашида иштирок этаётган терма жамоага техник мағлубият ёзди  0

"Lokomotiv": Dubaydagi o'n uchinchi kun Yangiliklar

"Lokomotiv": Dubaydagi o'n uchinchi kun

Teglar :  Lokomotiv
Amirliklardagi yig'in o'z poyoniga etib kelmoqda. Uning o'n ikkinchi kunida jamoamiz azolari navbatdagi o'rtoqlik o'yiniga tayyorgarlik ko'rishdi.
Xabar qilinganidek “temiryo'lchilar” Slovakiya U-21 terma jamoasiga qarshi o'yinda maydonga tushishadi.

1

Kecha futbolchilar “Xenan Jiane” bilan bo'lib o'tgan bellashuvning birinchi bo'limini o'rganib chiqishgandi. Bugun Mirko Elichich nazariy mashg'ulotni o'yinning ikkinchi taymiga bag'ishlandi. Futbolchilarning harakatlari borasida o'zining fikr va mulohazalarini bildirdi.

2

“Biz hozir asosoiy etiborimizni natijaga qaratayotganimiz yo'q” – deydi mutaxassis “Lokomotiv”ning so'nggi ikki to'qnashuvda raqib darvozasini ishg'ol eta olmagani borasidagi savolga. – “Asosiy vazifamiz - o'yinimizni shakllantirib olish va futbolchilarning bugungi kundagi imkoniyatlarini o'rganish. Tarkib tanlayotganda ham eksprimentlar uchun vaqt sarflayapmiz. O'zimiz istagan o'yin uslubini maromiga etkazyapmiz”.

3

Jamoaning mavsumga tayyorgarlik jarayonini kuzatib borayotganlar o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tishyapti. Ular bu borada himoya chizig'idan xavotirda ekanliklarini yashirishmayapti: – “Himoya bizning eng mustahkam poziciyamiz, bu borada ko'nglim to'q. Himoyamizni zaif deyayotganlar fikriga qo'shilmayman. Hozir boshqa poziciya o'yinini kuchaytirish haqida ko'proq o'ylayabmiz”, – deydi Elichich. Sir emaski, jamoa ko'rigida ikki nafar horijiy hujumchilar ishtirok etishmoqda.

4

“Lokomotiv” joriy mavsumda ham xalqaro maydonda o'yinlar o'tkazadi. Bunda raqiblarni o'rganish katta ahamiyat kasb etadi: – “Men hozir asosiy etiborni futbolchilarimizga qaratmoqdaman. Ular bilan ishlash birlamchi vazifam. CHempionlar ligasidagi raqiblarni o'rganish uchun esa oldina vaqtimiz etarli. Dubayda biz uchun barcha sharoitlar muhayyo etib berildi. Bundan unumli foydalanganimiz holda, maksimum darajada mehnat qilishimiz va birinchi navbatda o'z ustimizda ishlash haqida o'ylashimiz kerak”.

6

Eslatib o'tamiz, “Lokomotiv”ning slovakiyaliklarga qarshi o'yini ertaga – 22 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.

7

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика