So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  3 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  98 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

"Lokomotiv": Dubaydagi ikkita raqib nomi malum bo'ldi Yangiliklar

"Lokomotiv": Dubaydagi ikkita raqib nomi malum bo'ldi

Teglar :  Lokomotiv
Bugun tongda Dubayga jo'nab ketgan “Lokomotiv” 12 va 14 fevral kunlari Xitoy Super ligasi klublariga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadigan bo'ldi.

12 fevral kungi raqib o'z milliy chempionatini 13-o'rinda yakunlagan “Tyanczin Teda” klubi bo'ladi. Gollandiyalik mutaxassis Ari Xaan boshqarib boradigan bu klub safida bir qator mashhur futbolchilar to'p surishadi. Portugaliyaning “Sporting” jamoasida uch yil o'ynagan va keyinchalik Xitoyga tashrif buyurgan kolumbiyalik Fredi Montero Munoz, Braziliyaning bir qator mashhur klublarida harakat qilgan futbolchilar - argentinalik Ernan Barkos, braziliyalik Vagner Dos Santos hamda Lukas Fonseka, Eron milliy terma jamoasidagi o'yinlari orqali yaxshi tanish bo'lgan Murtazo Purliganji, avstraliyalik Aleksandar Yovanovich shular jumlasidandir.

14 fevral kuni Xitoy Super ligasining so'nggi mavsumini 10-pag'onada tamomlagan “CHanchun Yatay” bilan o'yin tashkil etiladi. Bu jamoa O'zbekiston milliy terma jamoasi azosi Anzur Ismoilov orqali futbol muxlislarimizga yaxshi tanish. Ajab emas, u “Lokomotiv”ga qarshi o'yinda harakat qilsa. Qiziq tomoni shundaki, 14 fevral kuni “temilyo'lchlar”ning terma jamoaga azo futbolchilari Livan bilan o'rtoqlik o'yinida maydonga tushishlari mumkin. SHu boisdan murabbiylar shtabi katta ehtimol bilan olti nafar futbolchini “CHanchun Yatay”ga qarshi o'ynata olishmaydi.

Xitoyning bu klubida Anzur Ismoilovdan tashqari yana uch nafar horijiy futbolchi to'p suradi va ularning barchasi oldingi chiziqda harakat qiladi. Taypeylik YU Ting Ko, nigerlik Mussa Maazu hamda boliviyalik Marselo Moreno shular jumlasidan. Nigerlik hujumchi o'z vaqtida Moskvaning “CSKA”, Franciyaning “Monako”, “Bordo”, Portugaliyaning “Maritimo” klublari sharafini himoya qilgan bo'lsa, boliviyalik Marselo Moreno “SHaxtyor”, “Verder”, “Uigan” kabi jamoalardagi o'yinlari orqali tanish.

Eslatib o'tamiz, Dubaydagi birinchi yig'in doirasida “Lokomotiv” Xitoy Super ligasining beshinchi jamoasi “Henan Jiane” bilan maydonga tushgan va bellashuvda hisob ochilmagandi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика