So’nggi yangiliklar

09:55Хави МЮни бошқаришга рози  0 09:27Sofascore. Ҳамробеков жамоадошлари орасида энг яхши баҳолардан бирига лойиқ кўрилди  1 09:01Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 08:33"Пахтакор" "Сурхон"ни қийинчилик билан мағлуб этган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:07Суперлига. Бугун 23-тур якунланади  7 07:30Суперлига. "Пахтакор" – "Сурхон" 1:0   0 01:06Умар Эшмуродов: "Футболимизнинг камчиликлари билиниб қолди"  14 00:27Жавоҳир Сидиқов: "Ютса жамоа ютади, ютқазса ҳам жамоа ютқазади"  7 00:18Элит ОЧЛ. "Насаф" - "Ал Ҳилол" 2:3  5 00:00ОФК ЭЧЛ. Ҳамробеков жамоаси дуранг ўйнади  0 23:24Камолиддин Тожиев : "Охиригача курашиб, муҳим уч очкони қўлга киритдик"  0 23:08Февзи Давлетов: "Ғалаба қозониш учун гол уриш керак, биз эса уч ўйиндан буён гол ура олмаяпмиз"  2 23:00"Насаф" бош мураббийи Рўзиқул Бердиев: "Бугун савия ва даража ўз сўзини айтди"  37 22:47"Ал Ҳилол" бош мураббийи Симоне Инзаги: "Икки бор тўп ўтказиб юборган бўлсак-да, якунда ғалабага эришдик"  23 22:27Ҳакамлар маркази "Пахтакор" - "Сурхон" ўйинидаги баҳсли вазият бўйча изоҳ берди  5

“Lokomotiv” Dubayda. Ikkinchi kun. Tiklanish Yangiliklar

“Lokomotiv” Dubayda. Ikkinchi kun. Tiklanish

Teglar :  Lokomotiv
Yanvarning o'ninchi kunidan boshlab “Lokomotiv” futbolchilari yangi mavsumga tayyorgarlikka zo'r berishdi.
Qishki yig'inda olinadigan jismoniy zo'riqishlar yil davomida formani yuqori notada ushlab turish uchun xizmat qiladi va buni professional futbolchilarning barchasi yaxshi tushunishadi.

Teoriya 2

SHundan kelib chiqqan holda klub azolari kuchaytirilgan mashg'ulotlarda yaxshi kayfiyat bilan ishtirok etishmoqda. Yangi yildan so'ng Toshkentda to'plangan futbolchilar tanaffusdan keyingi tiklanish mashqlarini bajarish bilan cheklanishgandi. Dubayda esa endi ular jismoniy tayyorgarlik ustida tinimsiz ish olib borishadi.

Teoriya

Bugun – 10 yanvar kunini Mirko Yelichich soat 10:00 da o'tkazgan nazariy mashg'uloti bilan boshladi va unda barcha futbolchilar ishtirok etishdi. SHogirdlari zerikib qolmasligini istagan mutaxassis teoriyani uzoq cho'zib o'tirmadi. Mahalliy vaqt bilan 11:00 da esa tarkib o'zi istiqomat qilayotgan “JA Jebel Ali Beach Hotel”dan uzoq bo'lmagan mashg'ulot maydonida saf tortib turgandi. Stadionda avvaliga tiklanish mashqlari bajarilgan bo'lsa, bosqichma-bosqich Yelichich zo'riqishni oshirib bordi hamda jismoniy tayyorgarlikka o'rin berdi.

Mashg'ulot 3

Mashg'ulotdan keyin odatga ko'ra iliq dush, tushlik va tushki uyqu. Soat 17:00 dan boshlab ikkinchi mashg'ulot yana o'sha maydonda boshlandi. Bu birinchisidan butkul farq qilgani bilan, asosiy maqsad baribir o'sha-o'sha – jismoniy tayyorgarlikni maromiga etkazish uchun mehnat qilish. 1 soatdan oshiqroq davom etgan mashg'ulotdan keyin jamoa engil tin oldi. Iliq dushdan keyin futbolchilar kechki ovqatga o'tirishdi. Soat 20:30 da esa teoriyaning ikkinchi qismi davom ettirildi. Kun davomidagi mehnat etarli darajada bo'lgani sababli, nazariy mashg'ulot uzoq cho'zilmadi.

Mashg'ulot

“Lokomotiv” o'zinining birinchi o'rtoqlik uchrashuvini 15 yanvar kuni Saudiya Arabistoni etakchisi “Al-Ahli”ga qarshi o'tkazishi haqida xabar bergandik. Juma kuni bo'lib o'tadigan yildagi birinchi o'yinga qadar futbolchilar o'z formalarini ancha tiklab olishadi.

Mashg'ulot 2

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика