So’nggi yangiliklar

21:13"Барселона" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтирди  0 21:00Суперлига. "Бухоро" – "Қўқон-1912" 1:0 (матнли трансляция)  7 20:54Суперлига. "Нефтчи" "Машъал"ни тотал устунлик билан ютди ва етакчиликни қўлга олди  37 20:20Жезуш: "Стадиондаги мухлисларнинг 80 фоизи Роналду учун келади"  11 19:49Манба: "Челси" Жексонни ижарага беради  0 19:20Жо Коул АПЛ мавсум фаворитини айтди  2 18:46"Наполи" Довбикни сотиб олмоқчи  1 18:21Лукаку: "Жароҳатлар – футболнинг бир қисми"  0 17:312 ўриндиққа 3 одам  6 17:19"Аяччо" банкротлик жараёнини бошлади  3 17:00“Трастбанк” кичик бизнесни ривожлантириш учун НАҚД ПУЛда 1 млрд сўмгача кредит ажратади  7 16:29"Челси" учинчи либосини тақдим этди  1 16:00Марказий Осиё. "Қайрат" ютқазди, "Истиқлол" кубокдан чиқиб кетди, ўзбекистонлик Марадона эса топ-ассистентлардан бирига айланди  1 15:45Павар "Интер"дан кетиши мумкин: Франция ёки Саудия Арабистони?  0 15:16"Қайрат" "Селтик" тўсиғидан ўтса, неча миллион доллар ишлаб олади?  13

“Lokomotiv” azolari Toshkentdagi Britaniya maktabiga tashrif buyurishdi Yangiliklar

“Lokomotiv” azolari Toshkentdagi Britaniya maktabiga tashrif buyurishdi

Teglar :  Lokomotiv
Xabaringiz bor, “Lokomotiv” futbolchilariga milliy terma jamoa o'yinlari sabab Oliy Ligada yuzaga kelgan tanaffus munosabati bilan 5 kunlik qisqa tatil berilgandi.

Jamoa vakillari ushbu tatilda ham “bo'sh o'tirishgani” yo'q. Bir kun oldin “Loko” futbolchilari Respublika onkologiya ilmiy markazida davolanayotgan bolalarni bayram bilan tabriklagani borishgandi. Kecha esa bir qator futbolchilarimiz va murabbiylar shtabi Toshkentda joylashgan Britaniya maktabida bo'lib, u erda talim olayotgan yigit-qizlar bilan maroqli suhbat qurishdi.

Dastlab ushbu maktab o'quvchilari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv avvalida Toshkentdagi Britaniya maktabining ikki nafar o'quvchisi “Lokomotiv” jamoasi haqida tayyorlagan taqdimot namoyish etildi. So'ngra jamoamizda faoliyat olib borayotgan avstraliyalik mutaxassis Mirko Yelichich hamda bir necha nafar futbolchilarimiz o'quvchilarning ingliz tilida bergan turli mavzudagi savollariga javob qaytarishdi.

Keyin esa maktabning futbol maydonchasida o'quvchilar hamda “Lokomotiv” futbolchilari o'rtasida ko'rgazmali futbol o'yini o'tkazildi. O'yin juda qiziqarli tarzda o'tdi. Yakunda esa Toshkentdagi Britaniya maktabi o'quvchilari taniqli futbolchilarimizdan esdalik uchun dastxat olishdi.



Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика