So’nggi yangiliklar

15:13ЖЧ-2026 саралаши. Ҳаммани "савалаётган" Япония ва Австралиянинг асосий таркиблари маълум  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:21Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  1 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  10 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  27 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  17 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6

“Lokomotiv” azolari futbol faxriylari imzolagan rezolyuciyaga qo'l qo'yish niyatida bo'lishmagan Yangiliklar

“Lokomotiv” azolari futbol faxriylari imzolagan rezolyuciyaga qo'l qo'yish niyatida bo'lishmagan

Teglar :  Lokomotiv
7 sentyabr kuni Radisson BLU Hotel Tashkent mehmonxonasida “O'zbekistonda sport tashkilotlarini boshqarish va dunyo tajribasi” konferenciyasi bo'lib o'tdi.

Konferenciyada 2017 yilning 10 avgustida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 3196 raqamli “Nufuzli xalqaro sport musobaqalarida yuksak natijalarga erishgan O'zbekiston sportchilarini jamoat va sport ishlariga keng jalb etish hamda sportchilarni va ularning trenerlarini rag'batlantirish to'g'risida”gi qarori muhokama qilindi.

SHuningdek, ushbu konferenciyada mamlakatimizda sport, xususan, futbolni rivojlantirish uchun qanday ishlar amalga oshirilishi lozim ekani, O'zbekiston Futbol Federaciyasi ish tizimini o'zgartirish hamda isloh etish borasida qanday ishlar amalga oshirilishi lozim ekani gapirib o'tildi.

Takidlash joizki, konferenciya yakunida unda qatnashgan bir qator futbol faxriylari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev, Davlat maslahatchisi Axmadxo'ja Yunusxodjaev, O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport qo'mitasi raisi Rustam Qurbonov, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti Alisher Sultonov nomiga rezolyuciya yuborishdi. Rezolyuciyada konferenciya ishtirokchilarining mamlakatimizda futbolni isloh etish borasidagi takliflari bayon etilgan.

Qayd etish joizki, Anhor.uz  saytida rezolyuciya imzolagan faxriylar nomi malum qilindi. Unda rezolyuciyaga imzo chekish paytida konferenciyada ishtirok etganlik to'g'risidagi qog'ozga qo'l qo'yyapman, deb o'ylagan “Lokomotiv” jamoasi murabbiylari – Andrey Miklyaev, Andrey Fyodorov hamda “Lokomotiv” futbol klubi o'yinchisi – Timur Kapadzelarning nomlari ham zikr etilgan.

Keng ommaga malum qilmoqchimizki, jamoamiz nomidan ushbu konferenciyaga taklif etilgan 2 nafar murabbiy hamda bir nafar futbolchi tashkilotchilarning taklifini rad etmaslik uchun ham unda ishtirok etishdi. Biroq ular konferenciya yakunida rezolyuciya imzolanishidan butunlay bexabar bo'lishgan hamda unga qo'l qo'yish niyatida bo'lishmagan.


Reyting: -27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика