So’nggi yangiliklar

00:32Англия лига кубоги. "Арсенал" – "Кристал Пэлас". Таркиблар аниқ!  0 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  0 00:10Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" (матнли трансляция)  27 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  1 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  8

"Lokomotiv" 2023 yilgi xarajatlar smetasini himoya qildi Yangiliklar

"Lokomotiv" 2023 yilgi xarajatlar smetasini himoya qildi

Buni O'zPFL malum qildi.

Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 30 apreldagi "Futbol klublari faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 261-sonli qaroridan kelib chiqib, Musobaqalar reglamentiga Superliga va Pro liga klublari yillik xarajatlari smetasini FIFA hamda OFK talablarini inobatga olgan holda O'FA bilan kelishishi masalasi kiritilgandi.   

2022 yilgi mavsum oldidan klublar ilk marta o'z smetalarini O'FAga kelishish uchun taqdim etishgan edi. Endilikda 2023 yilgi mavsum oldidan ham ushbu jarayon bajarilmoqda. Faqat bu safar klublar ikkita bosqichda smetalarini himoya qilishmoqda.

Dastlab klub 2022 yilgi smetadan o'rin olgan mablag'lar qanday sarf etilgani bo'yicha komissiya azolariga hisobot beryapti. SHundan keyingina klubga 2023 yilgi mavsum uchun xarajatlar smetasi loyihasini himoya qilishga ruxsat berilyapti.

Professional futbol klublariga ajratilayotgan mablag'larning maqsadli sarflanishini monitoring qilish, klublarning infratuzilma va akademiyani rivojlantirish, shuningdek, maydonlarni xalqaro standartlarga moslashtirish va ularni sifatli saqlashga yo'naltirishini taminlash maqsadida futbol klublarining yillik xarajatlar smetasi O'FA, O'zPFL hamda mustaqil auditorlardan tashkil topgan komissiya tomonidan o'rganib chiqilmoqda.

Hozirga qadar "SHo'rtan", "So'g'diyona", "Xorazm", "Andijon", "Metallurg" kabi klublar O'FA komissiyasi oldida smetani himoya qilishdi. Bugun "Lokomotiv" futbol klubi ham ortda qolayotgan yilgi sarf-xarajatlar yuzasidan hisobot berdi, shuningdek, yangi mavsum uchun yillik smetani O'FA komissiyasi oldida himoya qildi.

SHu tartibda Superliga va Pro liganing barcha qolgan ishtirokchilari ham o'z smetalarini O'FA komissiyasiga taqdim qiladi. Yillik xarajatlar smetasi O'FA komissiyasi tomonidan maqullanganidan keyingina klublarga yangi mavsum uchun O'zPFLda ro'yxatdan o'tishga ruxsat beriladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика