So’nggi yangiliklar

07:35Sofascore. Йирик ҳисоб қайд этилган баҳсда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   4 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  20 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  6 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  10 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  172 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  55 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  12 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29

"Lochin" ustozi Sardor To'xtaev: "Yigitlarimiz futbol o'ynashni istashsa, Superliganing istalgan jamoasiga qiyinchilik tug'dirishimiz mumkin" Yangiliklar

"Lochin" ustozi Sardor To'xtaev: "Yigitlarimiz futbol o'ynashni istashsa, Superliganing istalgan jamoasiga qiyinchilik tug'dirishimiz mumkin"

O'zbekiston kubogi uchinchi turidan o'rin olgan "Surxon" – "Lochin" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Sardor To'xtaev va Zafar Polvonovlar matbuot anjumanida qatnashishdi.

– O'yin haqida

– Bugun g'alabadan boshqa narsa bizni qoniqtirmasligini bilardik. "Surxon" o'z o'yin uslubiga ega yaxshi jamoa, Superligada ham ijobiy o'yin ko'rsatmoqda. Kim g'alaba qozonsa, pley-offga chiqardi. Uchrashuv kurashlarga boy bo'ldi. Kimda xohish kuchliroq bo'lsa, o'sha tomon natijaga erishadi. Yigitlarimiz xarakterli. Agar biznikilar o'zlari istashsa, Superliganing istalgan jamoasiga qarshilik ko'rsata oladi. 

Zafar Polvonov: 

– O'yinga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Keyingi bosqichga yo'l oldik. Buyog'ini vaqt ko'rsatadi. 

– "Surxon"ga qarshi o'yinda g'alaba qozonishingizga asosiy sabab nima bo'ldi?

– Biz qarshi hujum taktikasiga tayyorlangandik. "Surxon"ga g'alaba kerak edi va ular oldingi o'tishi aniq edi. Biz bunga tayyor edik. Oxirgacha o'ynashga kelishib olgandik. Bu vazifa alo darajada uddalandi. Rahbarimiz bizga g'alaba qozonish topshirig'ini bergandi, biz bu vazifani uddaladik. Rahbariyatga rahmat aytamiz. "Surxon" jamoasini o'rganib chiqib, qarshi hujum reja qilingandi. 

– Quradan so'ng "Lochin" jamoasi bunday natija ko'rsatishini ko'pchilik kutmagandi. Jamoa o'z oldiga qanday maqsadni qo'ygan?

– Jamoa yuqori maqsadlarni ko'zlagan. Pro ligaga yo'llanmani qo'lga kiritish asosiy maqsad. Kubokda esa guruhdan chiqib, uzoqroqqa borish vazifasi oldimizga qo'yilgan. 

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика