"Liverpul"ning sobiq futbolchisi: "Kvadrupl? APL muhimroq"
24 jan 2025 01:32
Yangiliklar
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi: "Kvadrupl? APL muhimroq"
"Menimcha muxlislar uchun eng asosiy sovrin - APL. Buning uchun klub boshqa barcha sovrinlardan voz kechishga tayyor bo'lsa kerak. CHunki so'nggi marta ular buni qo'lga kiritishganida nishonlashga vaqt bo'lmagandi.
Kvadrupl haqida gapirish kerak emas. CHunki so'nggi yillarning eng barqaror jamoasi "Manchester Siti" ham buni qo'lga kiritishi qiyin bo'ldi.
Kutilmalardan qochib bo'lmaydi. Agarda shunday o'ynab tursang, sendan ko'prog'ini kutishadi. "Liverpul" muxlislari hozir APLdagi g'alabani ko'proq kutishmoqda. Bu normal holat.
Lekin muxlislar kvadrupl haqida o'ylashmayapti", - dedi Merfi.
Ayni damda "Liverpul" APL turnir jadvalida peshqadamlik qilib turibdi. SHuningdek, ECHLda mutaxassislar ushbu jamoani sovrin uchun asosiy davogar deb hisoblashmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar