"Liverpul" yangi yildan keyin ilk bor ketma-ket uchta g'alabaga erishdi
02 mar 11:56
Yangiliklar
"Liverpul" yangi yildan keyin ilk bor ketma-ket uchta g'alabaga erishdi
APLning 28-turida "Liverpul" o'z maydonida "Vest Xem Yunayted"ni yirik hisobda mag'lub etdi va bu 2026 yildagi ketma-ket uchinchi g'alaba bo'ldi.
Uchrashuv mersisaydliklarning 5:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. "Qizillar" safida Ekitike, van Deyk, Mak Allister va Gakpo gol urdi (shuningdek, avtogol ham qayd etildi).
Ushbu g'alabadan keyin "Liverpul" 48 ochko jamg'arib, Angliya chempionati jadvalida 5-o'rinni egallab turibdi. Arne Slot jamoasi yangi yildan keyin birinchi marta ketma-ket uchta g'alaba qayd etdi. Bundan oldin chempionat doirasida bunday seriya ikki marta bo'lgan — dastlabki besh turda (ketma-ket 5 g'alaba) va dekabr oyida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
Opta. EЧЛ учун асосий даъвогарлар рейтингини қайтадан тузиб чиқди
Камолиддин Тожиев: "Эртанги ўйинга 100 фоиз шаймиз. Пенальтилар сериясига тайёрланмадик" (тўлиқ матбуот анжумани)
Fikrlar