"Liverpul" Van Deykka "Barselona"dan o'rinbosar topdi
07 apr 13:22
Yangiliklar
"Liverpul" Van Deykka "Barselona"dan o'rinbosar topdi
"Liverpul" "Barselona" markaziy himoyachisi 26 yoshli Ronald Arauxoga qiziqish bildirmoqda.
Uni klub bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydigan 33 yoshli Virjil Van Deykning o'rnini egallashi mumkin.

"Relevo" xabariga ko'ra, Arauxoning yanvar oyida Kataloniya klubi bilan imzolagan yangi bitimida tovon puli 65-75 mln evroni tashkil etadi. Ayni vaqtda "Barselona" "Liverpul" vingeri Luis Diasga qiziqmoqda. Kolumbiyalik futbolchi Arauxoni sotib olish bo'yicha kelishuvning bir qismiga aylanish ehtimoli bor.
Himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 15 uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi hamda 2 ta golga assistentlik qildi. Arauxoning klub bilan amaldagi kelishuvi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Футбол юлдузлари Рождество байрамини қандай нишонламоқда?
Нималар қиляпсан, "Астон Вилла"?! Эмери жамоаси "Челси" майдонида ҳам ғалабага эришди
"Аркадаг" кетма-кет учинчи марта Туркманистон Кубогини қўлга киритди
Fikrlar